Jahon

Putin Ukrainada vaqtinchalik tashqi boshqaruv joriy etmoqchi

Rossiya prezidenti Ukraina saylovlar o‘tkazmasa, hukumat qonuniyligi yo‘qligini ta'kidladi.

Putin Ukrainada vaqtinchalik tashqi boshqaruv joriy etmoqchi

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada vaqtinchalik xalqaro boshqaruvni joriy etish taklifini ilgari surdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, BMT shafeligida tashkil etiladigan boshqaruv saylovlar o‘tkazish va xalq ishonchiga sazovor bo‘ladigan yangi hukumatni shakllantirishga yordam beradi.

 

Putin bu fikrini Murmansk shahriga tashrifi chog‘ida, "Arxangelsk" atom suvosti kemasi ekipaji bilan uchrashuvda ilgari surdi. Unga ko‘ra, AQSh, Yevropa davlatlari va Rossiya ishtirokidagi vaqtinchalik boshqaruv tizimi Ukrainadagi siyosiy beqarorlik muammosiga yechim bo‘lishi mumkin. Agar bunday tizim amaliyotga joriy etilsa, Moskva tinchlik shartnomasi bo‘yicha muzokaralar olib borishga tayyor.

 

Putinning ta’kidlashicha, bu faqat muhokama qilinishi mumkin bo‘lgan variantlardan biri. U BMT amaliyotida shunday tajribalar borligini eslatib, Sharqiy Timor, Kosovo va sobiq Yugoslaviyaning ayrim hududlari vaqtincha xalqaro boshqaruv ostida bo‘lganini misol qilib keltirdi. Shu bilan birga, Rossiya prezidenti boshqa yechimlarni ham muhokama qilishga tayyorligini bildirdi.

 

Putin Ukraina hokimiyatining qonuniyligi masalasiga alohida to‘xtaldi. Uning fikriga ko‘ra, 2024-yilda prezidentlik saylovlari o‘tkazilmagani sababli, amaldagi hukumatning qonuniyligi shubha ostida qolmoqda. Unga ko‘ra, Vladimir Zelenskiyning prezidentlik muddati may oyida yakunlangan, shuning uchun u va u tomonidan tayinlangan barcha rasmiylar endi qonuniy vakolatga ega emas.

 

Ukraina hukumati esa saylovlar o‘tkazilmasligini harbiy holat bilan izohlamoqda. Ukraina Markaziy saylov komissiyasi rahbari Oleg Didenko saylovlar faqat urush tugaganidan keyin o‘tkazilishi mumkinligini bildirgan. Fevral oyida esa Zelenskiy tinchlik kelishuvi yoki NATOga qo‘shilish uchun iste’foga chiqish ehtimolini ham tilga olgan edi.

 

Putin faqat diplomatik yo‘llarni emas, balki harbiy operatsiya davomida erishilayotgan natijalarni ham ta’kidlab o‘tdi. Uning fikriga ko‘ra, Rossiya armiyasi front chizig‘ida strategik yutuqlarga erishmoqda. U "Men yaqinda biz ularga yomg‘ir yog‘diramiz, deb aytgandim, lekin biz ularni tugatamiz deb o‘ylash uchun asos bor", deya o‘z fikrini yakunladi.

“Men qilayotgan ishimni yaxshi ko‘raman”: Rubio iste’fosi haqidagi mish-mishlarni rad etdi

“Men qilayotgan ishimni yaxshi ko‘raman”: Rubio iste’fosi haqidagi mish-mishlarni rad etdi

U o‘z ishidan mamnunligini va prezident uchun ishlash doim rejasida bo‘lganini aytgan.

Turkiyadagi qurolli hujum: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Turkiyadagi qurolli hujum: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida ikki nafar o‘qituvchi ham bor.

Yevropada 27 ta aviareysga bomba tahdidi kelib tushdi: qiruvchi samolyotlar havoga ko‘tarildi

Yevropada 27 ta aviareysga bomba tahdidi kelib tushdi: qiruvchi samolyotlar havoga ko‘tarildi

Hozircha tahdidlar ortida kim turgani aniqlanmagan, biroq hodisalar Rossiyani Yevropadagi gibrid hujumlarda ayblayotgan rasmiylarning xavotirlarini kuchaytirdi.

Trampning oilaviy biznesidan Oq uydagi qurilishlargacha: demokratlar tekshiruv o‘tkazmoqchi

Trampning oilaviy biznesidan Oq uydagi qurilishlargacha: demokratlar tekshiruv o‘tkazmoqchi

Demokratlar Kongressda nazoratini qo‘lga kiritgach, AQSh prezidenti, uning oilasi va ma’muriyati faoliyatini bir qator yo‘nalishlarda tekshirishni rejalashtirmoqda.

AQShdagi oraliq saylovning bozorlarga ta’siri: dollar kursi bir oy ichidagi eng past darajaga tushdi

AQShdagi oraliq saylovning bozorlarga ta’siri: dollar kursi bir oy ichidagi eng past darajaga tushdi

Neft narxi va davlat obligatsiyalari daromadliligi pasaydi, jahon fond bozorlaridagi aksiyalar qiymati esa oshdi.

“Amerikaning yengilmasligi haqidagi afsona yo‘qoldi” — Xomanaiy

“Amerikaning yengilmasligi haqidagi afsona yo‘qoldi” — Xomanaiy

Eron oliy rahbari AQSh saylovlaridan keyin ham Vashingtonning Eronga nisbatan siyosati o‘zgarmasligini aytdi.

Shveytsariya sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi: Alisher Usmonov undan chiqarildi

Shveytsariya sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi: Alisher Usmonov undan chiqarildi

Rossiyaga qarshi cheklovlar ro‘yxatiga yana 254 ta shaxs va tashkilot qo‘shildi.

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

2025-yilda mamalakatda 129 million banka, 2026-yilning birinchi yarmida esa qariyb 85,9 million banka energetik ichimlik iste’mol qilingan.