Jahon

AQShda samolyot turar-joy binosiga quladi

Minnesotada samolyot qulashidan so‘ng yong‘in yuzaga kelgan.

AQShda samolyot turar-joy binosiga quladi

 

AQShning Minnesota shtatidagi Bruklin-Park shahrida kichik samolyot qo‘nish vaqtida nazoratni yo‘qotib, turar-joy binosiga qulab tushdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 29-mart kuni mahalliy vaqt bilan 12:20 da sodir bo‘lgan.

 

Samolyotning qulashidan so‘ng kuchli yong‘in kelib chiqqan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot bortidagi barcha yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari halok bo‘lgan. Biroq, uydagilar jabrlanmagan.

 

Hodisa joyiga qutqaruv xizmatlari yetib kelgan, Milliy transport xavfsizligi kengashi (NTSB) esa halokat sabablari bo‘yicha tergov boshlagan. Rasmiylar hodisa tafsilotlarini aniqlashtirishda davom etmoqda.

custom img

Zelenskiy Yevropa Ittifoqi bilan birgalikda 120 shaxs va tashkilotga qarshi cheklovlarni kuchga kiritdi

Yangi sanksiyalar Rossiya, Belarus, BAA, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, O‘zbekistonga nisbatan ham qo‘llaniladi.

custom img

Rossiya va Xitoy uchun Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tishda alohida sharoitlar saqlab qolinadi

Eron rasmiysi Rossiya va Xitoyni Tehronning eng yaqin hamkorlari sifatida tilga olib, bu davlatlar Eronni eng murakkab davrlarda ham qo‘llab-quvvatlab kelganini ta’kidladi.

custom img

AQSH sudi Tramp nomini Kennedi markazidan olib tashlashga qaror qildi

Sud qaroriga ko‘ra, muassasa nomini Kongress roziligisiz o‘zgartirish mumkin emas. Markazning nomi 14 kun ichida avvalgi holatiga qaytarilishi kerak.

custom img

Eronda Ali Xomanaiyning dafn marosimiga tayyorgarlik boshlandi

Urush sabab bir necha oyga kechiktirilgan marosim sanasi hozircha e’lon qilinmagan.

custom img

Putin qarishga qarshi milliardlab dollar sarflamoqda

Dastur doirasida bioprinting va inson organlarini mini-cho‘chqalar organizmida yetishtirish texnologiyalari ustida ham ish olib borilmoqda.

custom img

AQSh va Eron sulhni yana 60 kunga uzaytirishi mumkin

Kelishuv AQSh prezidenti Donald Trampning yakuniy tasdig‘idan o‘tishi kerak.

custom img

Rossiyada bir qator muftiy va musulmon diniy arboblar qo‘lga olinmoqda

Mazkur jarayonlar Rossiya Musulmonlari diniy boshqarmasi hamda uning rahbari atrofidagi jarayonlar bilan bog‘lamoqda.

custom img

Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida yangi chegara posti ochildi

Ushbu hududdagi chegarachilar ikki davlat chegarasining 12 kmdan ortiq qismini qo‘riqlaydi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"