Jahon

Dunyodagi eng keksa mushuk 30 yoshga to‘ldi

30 yoshli Millie Ginnes rekordiga da’vogarlik qilmoqda.

Dunyodagi eng keksa mushuk 30 yoshga to‘ldi

 

Buyuk Britaniyaning Stokport shahrida yashovchi 70 yoshli Lesli Grinxough o‘zining Millie ismli mushugi 30 yoshga to‘lganini va uni dunyodagi eng keksa mushuk deb hisoblashini aytmoqda. Millie o‘zining uzoq umri bilan ko'pchilikning e’tiborini tortmoqda.

 

Mushuk egasining so‘zlariga ko‘ra, Millie sog‘lom turmush tarzini olib boradi – u tushgacha uxlaydi, losos va qisqichbaqalar iste’mol qiladi, shishadagi tabiiy mineral suv ichadi va divanda erkalanishni yaxshi ko‘radi. Shu bilan birga, mushuk juda ehtiyotkor va uyatchan, shuning uchun u yillar davomida ko‘chaga chiqmay, faqat uy sharoitida yashagan.

 

Grinxoughning aytishicha, Millie 1995-yilda tug‘ilgan va dastlab uning rafiqasiga tegishli bo‘lgan. Mushukning 30 yillik yubileyi sharafiga egasi tug‘ilgan kun tortiga buyurtma berib, unda Millie suratini aks ettirgan. U mushugini Ginnes rekordlar kitobiga kiritishni istaydi, biroq hozircha uning yoshini rasman tasdiqlay olmaydi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, mushuklarning o‘rtacha yoshi 13-20 yil atrofida bo‘ladi. Hozirgacha rasmiy rekord egasi sifatida Texasdan Cream Puff ismli mushuk tan olingan bo‘lib, u 38 yil va 3 kun yashagan. Millie esa bu natijaga yaqinlashish yo‘lida davom etmoqda.

Rus tilida gapirganlik uchun jazo: Ukraina prezidenti ofisi rahbari jarimaga tortiladi

Rus tilida gapirganlik uchun jazo: Ukraina prezidenti ofisi rahbari jarimaga tortiladi

Kirill Budanov ommaviy tadbirda rus tilida gapirgani uchun 3400 grivna miqdorida jarimaga tortiladi.

Rossiya hujumlari Ukrainada besh kishining o‘limiga sabab bo‘ldi: besh viloyatda elektr ta’minoti uzildi

Rossiya hujumlari Ukrainada besh kishining o‘limiga sabab bo‘ldi: besh viloyatda elektr ta’minoti uzildi

Energetika infratuzilmasiga yetkazilgan zarar sabab ayrim hududlarda vaziyat og‘irligicha qolmoqda.

Tramp Uchinchi jahon urushining oldini oldi — Lukashenko

Tramp Uchinchi jahon urushining oldini oldi — Lukashenko

Belarus rahbari Jo Bayden AQSh prezidenti bo‘lib qolganida, NATO davlatlari ham mojaroga tortilishi mumkinligini ta’kidladi.

Xavotirli statistika: 490 nafar o‘quvchi hayotdan ko‘z yumdi

Xavotirli statistika: 490 nafar o‘quvchi hayotdan ko‘z yumdi

Bu ko‘rsatkich yil yakuniga qadar 2025-yildagi rekorddan oshishi mumkin.

"Zelenskiyning o‘zi avtomat olib, frontga borsin" — Lukashenko

"Zelenskiyning o‘zi avtomat olib, frontga borsin" — Lukashenko

Belarus Prezidenti urushning tugashi tarafdori ekanligini bildirib, Zelenskiyni kelishuvga chaqirdi.

Zelenskiy yanvargacha kelishuvga umid qilmoqda, Tramp esa shubha bildirdi

Zelenskiy yanvargacha kelishuvga umid qilmoqda, Tramp esa shubha bildirdi

AQSh prezidenti muzokaralar natijasi Rossiya va Ukrainaning pozitsiyalariga bog‘liqligini ta’kidladi.

Husiylar Ar-Riyoddagi moliyaviy markazga hujum qildi: 11 kishi jarohatlandi

Husiylar Ar-Riyoddagi moliyaviy markazga hujum qildi: 11 kishi jarohatlandi

Jarohatlanganlar orasida xorijliklar ham bor.

AQSh Eronda rahbariyatni nishonga olish masalasini muhokama qilmoqda — NBC

AQSh Eronda rahbariyatni nishonga olish masalasini muhokama qilmoqda — NBC

Tramp ma’muriyatida bu masalada kelishmovchilik bor: ayrimlar zarbalarni qo‘llab-quvvatlasa, boshqalar tinchlik muzokaralariga zarar yetishidan xavotirda.