Siyosat

O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birini qutladilar

Davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini ham muhokama qildilar.

O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birini qutladilar

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an 30-mart kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda butun musulmon ummati uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutladilar. Davlat rahbarlari qardosh xalqlarimizga tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladilar.

 

O‘zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yana-da rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Barcha darajalarda faol muloqotlar davom etayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmi, qo‘shma loyiha va korxonalar soni, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar ko‘paymoqda.

 

Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining bo‘lajak navbatdagi yig‘ilishi va Turkiy davlatlar tashkilotining rejadagi sammitiga tayyorgarlik ko‘rishga alohida eʼtibor qaratildi.

 

O‘zbekistonda bo‘lajak Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va qo‘shma biznes forumini, shuningdek, Turkiya Buyuk millat majlisi delegatsiyasining Parlamentlararo ittifoq Assambleyasining 150-sessiyasida ishtirok etish uchun tashrifini samarali o‘tkazish muhimligi qayd etildi.

 

Davlat rahbarlari xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Shavkat Mirziyoyev Anqaradagi amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Anqaradagi amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi

Tashrif davomida Erdog‘an bilan uchrashuv, Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti va biznes muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev “Anadolu Group” rahbari bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev “Anadolu Group” rahbari bilan uchrashdi

Uchrashuvda “SamAvto”ni modernizatsiya qilish va yangi investitsiya loyihalari muhokama qilindi.

“AQSHga murojaat qilgan edik”: Eron TIV O‘zbekistonning norozilik notasiga javob berdi

“AQSHga murojaat qilgan edik”: Eron TIV O‘zbekistonning norozilik notasiga javob berdi

Eron elchixonalarining Samarqand merosi haqidagi postlari yuzasidan yuzaga kelgan diplomatik bahsga Tehron izoh berdi.

Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiri bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiri bilan uchrashdi

Uchrashuvda ikki tomonlama kelishuvlar ijrosi hamda global va mintaqaviy masalalar muhokama qilindi.

Samarqanddagi global e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva xalqaro global tarmoq raisi etib saylandi

Samarqanddagi global e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva xalqaro global tarmoq raisi etib saylandi

Samarqandda o‘tgan xalqaro forumda bolalar onkologiyasi, zamonaviy davolash usullari va xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev “Eldridge Industries” kompaniyasi bosh direktorini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev “Eldridge Industries” kompaniyasi bosh direktorini qabul qildi

O‘zbekiston va AQShning ushbu kompaniyasi ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib oldi.

Shavkat Mirziyoyev “Rosatom” rahbarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev “Rosatom” rahbarini qabul qildi

Uchrashuvda O‘zbekistondagi ilk integratsiyalashgan AES qurilishi, mutaxassislar tayyorlash va atomchilar shaharchasini barpo etish masalalari muhokama qilindi.

JSSTdan xalqaro e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva nufuzli mukofot bilan taqdirlandi

JSSTdan xalqaro e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva nufuzli mukofot bilan taqdirlandi

JSST Bosh direktori bolalar onkologiyasi sohasidagi yetakchiligi va bolalar salomatligini himoya qilishga qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekiston Birinchi xonimiga xalqaro mukofotni topshirdi.