Jahon

Eron AQSh bilan bevosita muzokaralarni rad etdi

Yadro kelishuvi bo‘yicha muzokaralar o'tkazilmasligi mumkin.

Eron AQSh bilan bevosita muzokaralarni rad etdi

 

Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkian AQSh prezidenti Donald Trampning maktubiga javoban Tehron Vashington bilan bevosita muzokaralardan bosh tortishini e’lon qildi. Bu Eronning AQShning yadro dasturi bo‘yicha so‘nggi taklifiga birinchi rasmiy javobi bo‘ldi.

 

Pezeshkianning aytishicha, Eron AQSh bilan bilvosita muzokaralarga ochiq, biroq hozirgacha bunday muloqotlar natija bermagan. Eron o‘z javobini Ummon vositachiligida yetkazgan.

 

So‘nggi yillarda AQSh va Eron o‘rtasidagi keskinlik ortib bormoqda. Tramp 2018-yilda AQShni Eron bilan tuzilgan xalqaro yadro bitimidan bir tomonlama chiqarib yuborgandan keyin mintaqadagi ziddiyat kuchaydi. Isroil va AQSh Eronning yadro quroliga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasliklarini bir necha bor ta’kidlagan. BMTning yadro nazorati bo‘yicha agentligi fevral oyida Eronning qurol darajasiga yaqin uran boyitish hajmini oshirgani haqida xabar bergan edi.

 

Tramp prezidentligi davomida AQSh Eronga qarshi bir necha harbiy operatsiyalarni amalga oshirgan, jumladan, 2020-yilda Bag‘dodda Eron general Qosim Sulaymoniyni dron hujumi orqali o‘ldirgan.

 

Oq uy hozircha Pezeshkian bayonotiga izoh bermadi.

AQSh Yaqin Sharqqa yana bir aviatashuvchi kemasini yubordi: Arabiston dengizida 3 ta aviatashuvchi jamlandi

AQSh Yaqin Sharqqa yana bir aviatashuvchi kemasini yubordi: Arabiston dengizida 3 ta aviatashuvchi jamlandi

Mintaqadagi harbiy-dengiz kuchlari tarkibiga 13 ta esmines va ikkita kreyser ham kiradi.

Trampning Xitoyga safari: Kim Chen In bilan uchrashuv o‘tkazilishi mumkin

Trampning Xitoyga safari: Kim Chen In bilan uchrashuv o‘tkazilishi mumkin

Tramp 2017–2021-yillardagi prezidentlik muddati davomida Kim Chen In bilan bir necha bor uchrashgan.

Umra ziyorati ortidan muammo: 100 dan ortiq qirg‘izistonlik Toshkentda qolib ketdi

Umra ziyorati ortidan muammo: 100 dan ortiq qirg‘izistonlik Toshkentda qolib ketdi

Ularning manziliga yetib borishi uchun har biridan qo‘shimcha 400 dollar talab qilingani aytilmoqda.

Qozog‘istonda ilk tajriba: sun’iy intellekt qonun loyihasini ishlab chiqdi

Qozog‘istonda ilk tajriba: sun’iy intellekt qonun loyihasini ishlab chiqdi

Hujjat bolalarning raqamli va axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

Korrupsiya mojarosi: Qozog‘iston Prezidenti Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbarini almashtirdi

Korrupsiya mojarosi: Qozog‘iston Prezidenti Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbarini almashtirdi

Bu qaror yirik davlat kompaniyalari rahbarlari korrupsiyaga oid gumonlar bilan hibsga olinganidan bir necha kun o‘tib qabul qilindi.

Rossiya mehnat bozorida o‘zbekistonliklar yetakchi: to‘qqiz oylik statistika e’lon qilindi

Rossiya mehnat bozorida o‘zbekistonliklar yetakchi: to‘qqiz oylik statistika e’lon qilindi

To‘qqiz oyda 1,5 milliondan ortiq fuqaro ushbu maqsadda mamlakatga kirgan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.