Jahon

Turkiya limon eksportini vaqtincha to'xtatishga qaror qildi

Bunga sovuq ob-havo va ichki talablar sabab bo'lgan.

Turkiya limon eksportini vaqtincha to'xtatishga qaror qildi

 

Turkiya 8-apreldan boshlab xorijga limon yetkazib berishni vaqtincha to'xtatishga qaror qildi. Bu haqda Turkiya Savdo vazirligi xabar berdi, qaror esa Turkiya Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda qabul qilingan. Limon eksportining to‘xtatilishi sovuq ob-havo va ichki talabni himoya qilish, shuningdek, yetkazib berish xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

 

Turkiya Savdo vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi paytlarda O‘rtayer dengizi bo‘yidagi Adana, Mersin shaharlari va Xatay viloyatlarida sovuq ob-havo sharoitlari kuzatilgan, bu esa eksportni vaqtincha to‘xtatishga olib kelgan.

 

O‘zbekiston, 2024-yilda 3,9 million dollar qiymatidagi 16,5 ming tonna limon import qilgan. Shundan 10 024 tonna limon Turkiyadan kelgan. O‘zbekiston Turkiyadan eng ko‘p limon import qilgan davlatlar orasida birinchi o‘rinda turadi.

 

2024-yilda Turkiya, umumiy hisobda, 1 million 639 ming tonna sitrus mevalarini xorijga jo‘natgan. Rossiya, 375 million dollar qiymatidagi eksport hajmi bilan birinchi o‘rinda turadi, undan keyin Iroq, Ukraina, Ruminiya va Polsha joy olgan.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

custom img

“Yangi nishonlar va yangi qurollar”: Eron AQShga javob zarbasi bilan tahdid qildi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakili AQSh yangi hujum boshlasa, avval nishonga olinmagan obyektlarga yangi qurollar bilan zarba berilishini ma’lum qildi.

custom img

O‘rmon yong‘inlari xavfi: Fransiyaning uchta departamentida qizil daraja e’lon qilindi

Havoning quruqligi va sekundiga 15 metrgacha bo‘lgan shamol yong‘inlar tarqalishi xavfini oshirmoqda.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

AQSH elchixonalarining ogohlantirishi Yamandagi husiylar va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchayishi ehtimoli fonida berildi.

custom img

99,85 foiz ovoz: Ramzan Qodirov Checheniston rahbari etib qayta saylandi

Checheniston rahbarligi uchun qolgan 2 nomzod 0,05 foizdan ovoz olgan.

custom img

Tokioda tayfun xavfi: 524 ta reys bekor qilindi

Dujuan tayfuni sabab Tokioda aviaqatnovlardan tashqari poyezd va parom qatnovlari ham cheklanmoqda.

custom img

“Bu uchrashuv ko‘p narsani o‘zgartirishi mumkin” — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Donald Tramp bilan Nyu-Yorkda uchrashadi.

custom img

Shifokorlar qarimoqda: JSST 2030-yilga borib tibbiyot xodimlari tanqisligidan ogohlantirdi

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 122 mamlakatdagi har to‘rtinchi shifokor 55 yoshdan katta.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"