Jahon

Yaponiyada ayiq ikkita uyga bostirib kirdi

Voqea natijasida uch kishini jarohatlangan.

Yaponiyada ayiq ikkita uyga bostirib kirdi

 

Yaponiyaning Nagano prefekturasida ayiq ikki xonadonga bostirib kirib, uch kishiga og‘ir tan jarohati yetkazdi. Hududda bu kabi tajovuzlar tobora ko‘proq kuzatilmoqda.

 

Mahalliy politsiya xabariga ko‘ra, voqea tongda yuz bergan. Ayiq birinchi bo‘lib 66 yoshli ayol yashayotgan uyning derazasini sindirib, oshxonada bo‘lgan ikki kishiga hujum qilgan. Jabrlanuvchining aytishicha, u avval qattiq shovqinni eshitgan, so‘ng yashash xonasida katta qora ayiqni ko‘rgan.

 

“Men oshxonada edim. Birdaniga xonada harakatni payqadim-qarasam, katta qora narsa. Bu ayiq ekanini tushunishim bilan qichqirib yubordim”, — deydi ayol.

 

Hujumdan keyin yovvoyi hayvon qo‘shni uyga qochib o'tgan.Ov uyushmasi xodimlari darhol voqea joyiga yetib kelishgan, biroq ayiq qochib ketgan.

 

Jabrlanganlar orasida 96 yoshli ayol va 65 yoshli erkak ham bor. Erkakka ayiq uyning tashqarisidagi shiyponda hujum qilgan. Ularning ahvoli og‘ir, ammo aniq tibbiy tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan.

 

Rasmiy statistik ma'lumotlarga ko‘ra, 2023-yil aprelidan 2024-yil martigacha Nagano prefekturasida ayiqlarning odamlar yashaydigan hududlarga kirib kelishiga oid 1430 ta holat qayd etilgan. Mutaxassislar bu holatlarni o‘rmonlarning qisqarishi va oziq-ovqat izlashdagi muammolar bilan bog‘lamoqda.

 

Ayni paytda mahalliy aholi hushyorlikka chaqirilgan, maktablar vaqtincha yopilgan, ovchilar guruhlari esa ayiqlarni izlash ishlariga safarbar etilgan.

Yevropada 27 ta aviareysga bomba tahdidi kelib tushdi: qiruvchi samolyotlar havoga ko‘tarildi

Yevropada 27 ta aviareysga bomba tahdidi kelib tushdi: qiruvchi samolyotlar havoga ko‘tarildi

Hozircha tahdidlar ortida kim turgani aniqlanmagan, biroq hodisalar Rossiyani Yevropadagi gibrid hujumlarda ayblayotgan rasmiylarning xavotirlarini kuchaytirdi.

Trampning oilaviy biznesidan Oq uydagi qurilishlargacha: demokratlar tekshiruv o‘tkazmoqchi

Trampning oilaviy biznesidan Oq uydagi qurilishlargacha: demokratlar tekshiruv o‘tkazmoqchi

Demokratlar Kongressda nazoratini qo‘lga kiritgach, AQSh prezidenti, uning oilasi va ma’muriyati faoliyatini bir qator yo‘nalishlarda tekshirishni rejalashtirmoqda.

AQShdagi oraliq saylovning bozorlarga ta’siri: dollar kursi bir oy ichidagi eng past darajaga tushdi

AQShdagi oraliq saylovning bozorlarga ta’siri: dollar kursi bir oy ichidagi eng past darajaga tushdi

Neft narxi va davlat obligatsiyalari daromadliligi pasaydi, jahon fond bozorlaridagi aksiyalar qiymati esa oshdi.

“Amerikaning yengilmasligi haqidagi afsona yo‘qoldi” — Xomanaiy

“Amerikaning yengilmasligi haqidagi afsona yo‘qoldi” — Xomanaiy

Eron oliy rahbari AQSh saylovlaridan keyin ham Vashingtonning Eronga nisbatan siyosati o‘zgarmasligini aytdi.

Shveytsariya sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi: Alisher Usmonov undan chiqarildi

Shveytsariya sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi: Alisher Usmonov undan chiqarildi

Rossiyaga qarshi cheklovlar ro‘yxatiga yana 254 ta shaxs va tashkilot qo‘shildi.

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

2025-yilda mamalakatda 129 million banka, 2026-yilning birinchi yarmida esa qariyb 85,9 million banka energetik ichimlik iste’mol qilingan.

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Unga ko‘ra, quruvchilar nolinchi sikl tugamaguncha uy-joylarni sotishi, ulushli ishtirok shartnomalarini tuzishi va loyihalarni reklama qilishi mumkin emas.

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Shu bilan birga, Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga bergan zarbalari bir nechta hududda elektr va suv ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘ldi.