Jahon

Trampning maxsus vakili Putin bilan uchrashdi

Rossiya Ukrainaning to‘rtta hududini olishni so'ragan.

Trampning maxsus vakili Putin bilan uchrashdi

Stiv Uitkoff Vashingtonda Rossiya prezidentining maxsus vakili Kirill Dmitriyev bilan o‘tkazilgan uchrashuvdan keyin Donald Trampga Kremlning pozitsiyasini yetkazgan. Unga ko‘ra, Rossiya Ukrainaning to‘rtta hududi — Donesk, Lugansk, Zaporoje va Xerson viloyatlari ustidan to‘laqonli nazorat o‘rnatishni talab qilgan.

 

Uitkoff Trampga ushbu shartning bajarilishi Ukraina bo‘yicha tinchlik sulhini tezroq imzolashga yordam berishini aytgan. AQSH prezidentining Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellog esa Stiv Uitkoffning bu fikrini qo‘llab-quvvatlamagan. Kellog Trampga Ukraina ushbu hududlar bo‘yicha ayrim shartlarga ko‘nishini, ammo hech qachon bir tomonlama tartibda ularning Rossiyaga berib yuborilishiga rozi bo‘lmasligini maʼlum qilgan.

 

Rossiya o‘t ochishni to‘xtatish uchun ilgari surayotgan shartlar Tramp maʼmuriyatida kelishmovchiliklarni kuchaytirmoqda. AQSH prezidentining Respublikachilar partiyasidagi ayrim tarafdorlari Stiv Uitkoffni ushbu masalada Rossiya tarafini olishda ayblashdi.

 

Kirill Dmitriyev Vashingtonga aprel boshlarida borgan edi. Bu Ukrainaga qarshi urush boshlanganidan beri Rossiya rasmiy vakilining Qo‘shma Shtatlarga yuqori darajadagi birinchi tashrifi hisoblanadi. Stiv Uitkoff so‘nggi ikki oy ichida Rossiyaga uch marotaba bordi. 11 aprel kuni u Sankt-Peterburgda Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazdi.

custom img

“Yangi nishonlar va yangi qurollar”: Eron AQShga javob zarbasi bilan tahdid qildi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakili AQSh yangi hujum boshlasa, avval nishonga olinmagan obyektlarga yangi qurollar bilan zarba berilishini ma’lum qildi.

custom img

O‘rmon yong‘inlari xavfi: Fransiyaning uchta departamentida qizil daraja e’lon qilindi

Havoning quruqligi va sekundiga 15 metrgacha bo‘lgan shamol yong‘inlar tarqalishi xavfini oshirmoqda.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

AQSH elchixonalarining ogohlantirishi Yamandagi husiylar va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchayishi ehtimoli fonida berildi.

custom img

99,85 foiz ovoz: Ramzan Qodirov Checheniston rahbari etib qayta saylandi

Checheniston rahbarligi uchun qolgan 2 nomzod 0,05 foizdan ovoz olgan.

custom img

Tokioda tayfun xavfi: 524 ta reys bekor qilindi

Dujuan tayfuni sabab Tokioda aviaqatnovlardan tashqari poyezd va parom qatnovlari ham cheklanmoqda.

custom img

“Bu uchrashuv ko‘p narsani o‘zgartirishi mumkin” — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Donald Tramp bilan Nyu-Yorkda uchrashadi.

custom img

Shifokorlar qarimoqda: JSST 2030-yilga borib tibbiyot xodimlari tanqisligidan ogohlantirdi

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 122 mamlakatdagi har to‘rtinchi shifokor 55 yoshdan katta.

custom img

Eron Hormuz bo‘g‘ozini ochish shartlarini ma’lum qildi: AQSHdan javob kutilmoqda

Eron AQSH Tehron tomonidan taqdim etilgan shartlarni bajarmaguncha Hormuz bo‘g‘ozini kemalar qatnovi uchun ochmasligini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"