Jahon

Blue Origin tarixiy parvozni amalga oshirdi

Ayollardan iborat ilk ekipaj fazoni zabt etdi.

Blue Origin tarixiy parvozni amalga oshirdi

 

Blue Origin kompaniyasining NS-31 missiyasi doirasida koinotga butunlay ayollardan iborat ilk sayyohlik ekipaji parvoz qilib, muvaffaqiyatli tarzda Yerga qaytdi. Bu New Shepard raketasining 31-parvozi bo‘lib, kompaniya tarixidagi muhim burilish sifatida qayd etilmoqda.

 

Jonli efirda namoyish etilgan ushbu suborbital safar taxminan 10-12 daqiqa davom etdi. Parvoz davomida ishtirokchilar bir necha daqiqa vaznsizlik holatini his qilib, koinotdan Yer sharini tomosha qilish imkoniga ega bo‘lishdi.

 

Ushbu tarixiy missiyada estrada yulduzi Keti Perri, mashhur jurnalist va teleboshlovchi Geyl King, Amazon asoschisi Jeff Bezosning kelini va jurnalist Loren Sanches, NASA sobiq muhandisi Aisha Bou, bioastronavtika bo‘yicha mutaxassis Amanda Nguyen, hamda kino prodyuseri Kerian Flinn ishtirok etdi.

 

Blue Origin ushbu missiyani 1963-yilda Valentina Tereshkova amalga oshirgan ilk ayol kosmik parvozidan so‘ng eng muhim ayollar parvozi deb atadi. Missiya shuningdek, qayta ishlatiladigan raketa va kapsula texnologiyalarining yana bir muvaffaqiyatli namunasidir.

Yevropada 27 ta aviareysga bomba tahdidi kelib tushdi: qiruvchi samolyotlar havoga ko‘tarildi

Yevropada 27 ta aviareysga bomba tahdidi kelib tushdi: qiruvchi samolyotlar havoga ko‘tarildi

Hozircha tahdidlar ortida kim turgani aniqlanmagan, biroq hodisalar Rossiyani Yevropadagi gibrid hujumlarda ayblayotgan rasmiylarning xavotirlarini kuchaytirdi.

Trampning oilaviy biznesidan Oq uydagi qurilishlargacha: demokratlar tekshiruv o‘tkazmoqchi

Trampning oilaviy biznesidan Oq uydagi qurilishlargacha: demokratlar tekshiruv o‘tkazmoqchi

Demokratlar Kongressda nazoratini qo‘lga kiritgach, AQSh prezidenti, uning oilasi va ma’muriyati faoliyatini bir qator yo‘nalishlarda tekshirishni rejalashtirmoqda.

AQShdagi oraliq saylovning bozorlarga ta’siri: dollar kursi bir oy ichidagi eng past darajaga tushdi

AQShdagi oraliq saylovning bozorlarga ta’siri: dollar kursi bir oy ichidagi eng past darajaga tushdi

Neft narxi va davlat obligatsiyalari daromadliligi pasaydi, jahon fond bozorlaridagi aksiyalar qiymati esa oshdi.

“Amerikaning yengilmasligi haqidagi afsona yo‘qoldi” — Xomanaiy

“Amerikaning yengilmasligi haqidagi afsona yo‘qoldi” — Xomanaiy

Eron oliy rahbari AQSh saylovlaridan keyin ham Vashingtonning Eronga nisbatan siyosati o‘zgarmasligini aytdi.

Shveytsariya sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi: Alisher Usmonov undan chiqarildi

Shveytsariya sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi: Alisher Usmonov undan chiqarildi

Rossiyaga qarshi cheklovlar ro‘yxatiga yana 254 ta shaxs va tashkilot qo‘shildi.

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

2025-yilda mamalakatda 129 million banka, 2026-yilning birinchi yarmida esa qariyb 85,9 million banka energetik ichimlik iste’mol qilingan.

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Unga ko‘ra, quruvchilar nolinchi sikl tugamaguncha uy-joylarni sotishi, ulushli ishtirok shartnomalarini tuzishi va loyihalarni reklama qilishi mumkin emas.

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Shu bilan birga, Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga bergan zarbalari bir nechta hududda elektr va suv ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘ldi.