O‘zbekiston uch davlat fuqarolari uchun vizasiz tartib joriy etdi
Vizasiz tartib 30 kun davomida amal qiladi.

Prezident tomonidan imzolangan yangi farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-iyundan boshlab Bаxrayn, Quvayt va Ummon fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz kirish huquqiga ega bo‘ladilar.
Vizasiz tartib ushbu davlat fuqarolariga O‘zbekiston hududiga kirgan kundan boshlab 30 kun davomida amal qiladi. Bu qaror turizm va savdo aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur o‘zgarish mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash va xalqaro aloqalarni kengaytirishga xizmat qiladi.







