Jahon

AQSh Ukrainadagi USAID xodimlarini ishdan bo‘shatmoqda

1-iyuldan boshlab gumanitar sohadagi xodimlar bo‘shatiladi.

AQSh Ukrainadagi USAID xodimlarini ishdan bo‘shatmoqda

 

Qo‘shma Shtatlar 2025-yil 1-iyuldan boshlab Ukrainadagi USAID (AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi) loyihalari doirasida faoliyat yuritayotgan qator xodimlar bilan shartnomalarni bekor qilmoqda. Bu haqda TASS agentligi AQSh davlat xaridlari portalidagi rasmiy hujjatlarga tayanib xabar berdi.

 

Ishdan bo‘shatilayotganlar gumanitar va rivojlanish sohasida ishlagan mutaxassislardir. Ular orasida iqtisodiy o‘sish bo‘yicha katta maslahatchi, global sog‘liqni saqlash xavfsizligi bo‘yicha ekspert, donorlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha maslahatchi va boshqa ko‘plab malakali kadrlar bor. Shuningdek, ba’zilari Donald Trampning oldingi prezidentlik davrida ishga qabul qilingan.

 

Xodimlar bilan tuzilgan shartnomalar turli muddatli va turli miqdorda bo‘lgan. Ulardan eng yuqori mablag‘li shartnoma – aloqa bo‘yicha katta maslahatchiga tegishli bo‘lib, qiymati 455 ming AQSh dollarini tashkil etgan.

 

Rasmiy hujjatlarda ishdan bo‘shatish sababi “hukumat manfaatlari uchun” deb ko‘rsatilgan. Bu ibora, Ilon Musk nazorati ostidagi samaradorlikni oshirish agentligi tomonidan standart asosda ishlatiladi. Ushbu asosda bo‘shatilgan xodimlar kompensatsiya olish huquqiga ega bo‘lishi mumkin, biroq bu holat shartnomaviy tafsilotlarga bog‘liq.

 

Avvalroq AQSh Davlat kotibi Marko Rubio AQShning xorijdagi yordam dasturlarini tanqid qilib, “ularning ko‘pchiligi samarasiz” ekanini va atigi 12 foiz mablag‘gina haqiqiy ehtiyojmandlarga yetib borishini bildirgandi.

 

Bu qaror Ukraina bilan hamkorlikdagi rivojlanish dasturlariga qanday ta’sir ko‘rsatishi hozircha aniq emas, biroq u USAID loyihalarining qisqarishidan dalolat beradi.

Qirg‘iziston Rossiyaga nota yubordi: armiyaga yollangan fuqarosini qaytarishni talab qildi

Qirg‘iziston Rossiyaga nota yubordi: armiyaga yollangan fuqarosini qaytarishni talab qildi

Qirg‘iziston 21 yoshli fuqarosi Rossiya armiyasiga aldov yo‘li bilan jalb qilinganini bildirdi.

Yamanda bozorga havo hujumi uyushtirildi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Yamanda bozorga havo hujumi uyushtirildi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Mahalliy ma’muriyat hujum yuzasidan qarama-qarshi ma’lumot bergan.

Saylovdan keyingi ikki kun: Ilon Mask kompaniyalari 420 mlrd dollar yo‘qotdi

Saylovdan keyingi ikki kun: Ilon Mask kompaniyalari 420 mlrd dollar yo‘qotdi

Uning sof boyligi so‘nggi haftada 90 milliard dollarga qisqargan.

AQSh Eronga yangi zarbalar berishga tayyorlanmoqda: ehtimoliy sana ma’lum qilindi

AQSh Eronga yangi zarbalar berishga tayyorlanmoqda: ehtimoliy sana ma’lum qilindi

Oq uyda 4–5-noyabr kunlari Donald Tramp va milliy xavfsizlik jamoasi Eronga zarbalarni qayta boshlash masalasini muhokama qilgan.

Putin va Zelenskiyga maktub: Melaniya Tramp Rossiya va Ukraina vakillari bilan uchrashdi

Putin va Zelenskiyga maktub: Melaniya Tramp Rossiya va Ukraina vakillari bilan uchrashdi

Uchrashuvda Oleshki shahridagi gumanitar operatsiya va ikki davlat bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

“Men qilayotgan ishimni yaxshi ko‘raman”: Rubio iste’fosi haqidagi mish-mishlarni rad etdi

“Men qilayotgan ishimni yaxshi ko‘raman”: Rubio iste’fosi haqidagi mish-mishlarni rad etdi

U o‘z ishidan mamnunligini va prezident uchun ishlash doim rejasida bo‘lganini aytgan.

Turkiyadagi qurolli hujum: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Turkiyadagi qurolli hujum: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida ikki nafar o‘qituvchi ham bor.

Yevropada 27 ta aviareysga bomba tahdidi kelib tushdi: qiruvchi samolyotlar havoga ko‘tarildi

Yevropada 27 ta aviareysga bomba tahdidi kelib tushdi: qiruvchi samolyotlar havoga ko‘tarildi

Hozircha tahdidlar ortida kim turgani aniqlanmagan, biroq hodisalar Rossiyani Yevropadagi gibrid hujumlarda ayblayotgan rasmiylarning xavotirlarini kuchaytirdi.