Jahon

Bugun Yerdan uchta potentsial xavfli asteroid uchib o‘tadi

Bu haqida NASA xabar bergan.

Bugun Yerdan uchta potentsial xavfli asteroid uchib o‘tadi

Bugun, 28-may kuni, Yer yaqinidan potentsial xavfli deb tasniflangan uchta asteroid uchib o‘tishi kutilmoqda. AQSh Milliy Aeronavtika va Kosmik Ma’muriyati (NASA) xabariga ko‘ra, bu kosmik jismlar sayyoramizga tahdid solmaydi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Quyosh tizimidan yaqinlashayotgan obyektlar quyidagilar:

 

2025 KVt – diametri 29,7 metr

 

2025 JR – diametri 79,5 metr

 

2025 KU1 – diametri 20,2 metr

 

NASA ushbu asteroidlarni ularning hajmi va Yerga nisbatan yaqinligi sababli “potentsial xavfli” deb tasniflaydi. Biroq, ular bizning sayyoramizga to‘qnashish xavfini tug‘dirmaydi.

 

Shuningdek, 26–27 may kunlari 2025 KT1 (12,8 m) va 2025 JP (25,3 m) asteroidlari ham Yer yaqinidan uchib o‘tgan.

 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday asteroidlarning aksariyati atmosferaga kirgan zahoti yonib ketadi va real xavf tug‘dirmaydi.

 

NASA har yili Yer yaqinidagi 3 000 dan ortiq yangi asteroidlarni aniqlaydi. Ushbu obyektlar taxminan 4,6 milliard yil avval Quyosh tizimi shakllangan davrda hosil bo‘lgan asteroid kamarining bir qismi hisoblanadi.

 

NASA prognozlariga ko‘ra, Yerni yaqin 100 yil ichida xavfli asteroid bilan to‘qnashish xavfi kutmayapti.

AQShdagi oraliq saylovning bozorlarga ta’siri: dollar kursi bir oy ichidagi eng past darajaga tushdi

AQShdagi oraliq saylovning bozorlarga ta’siri: dollar kursi bir oy ichidagi eng past darajaga tushdi

Neft narxi va davlat obligatsiyalari daromadliligi pasaydi, jahon fond bozorlaridagi aksiyalar qiymati esa oshdi.

“Amerikaning yengilmasligi haqidagi afsona yo‘qoldi” — Xomanaiy

“Amerikaning yengilmasligi haqidagi afsona yo‘qoldi” — Xomanaiy

Eron oliy rahbari AQSh saylovlaridan keyin ham Vashingtonning Eronga nisbatan siyosati o‘zgarmasligini aytdi.

Shveytsariya sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi: Alisher Usmonov undan chiqarildi

Shveytsariya sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi: Alisher Usmonov undan chiqarildi

Rossiyaga qarshi cheklovlar ro‘yxatiga yana 254 ta shaxs va tashkilot qo‘shildi.

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

2025-yilda mamalakatda 129 million banka, 2026-yilning birinchi yarmida esa qariyb 85,9 million banka energetik ichimlik iste’mol qilingan.

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Unga ko‘ra, quruvchilar nolinchi sikl tugamaguncha uy-joylarni sotishi, ulushli ishtirok shartnomalarini tuzishi va loyihalarni reklama qilishi mumkin emas.

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Shu bilan birga, Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga bergan zarbalari bir nechta hududda elektr va suv ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘ldi.

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bungacha eng ko‘p qizil kartochkalar soni 36 ta bo‘lgan.

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

Kompaniya ayrim buyurtmalarni bekor qiladi, qolganlarini esa boshqa omborlardan yetkazib beradi.