O'zbekiston

O‘zbekistondagi bolalar orasida Koksaki virusi avj olyaptimi?

Holat yuzasidan Sanepidqo‘mita munosabat bildirdi.

O‘zbekistondagi bolalar orasida Koksaki virusi avj olyaptimi?

Hozirda baʼzi internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda yurtimizda Koksaki virusi tarqalayotgani haqida xabarlar tarqalyapti.Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Atabekov holat yuzasidan maʼlumot berdi.

 

Virusning bunday nomlanishining sababi — ilk bor AQSHning Koksaki shahrida aniqlangan va u enteroviruslar oilasiga mansub. Uning 70 dan ortiq turi bo‘lib, asosan, A hamda V turlari uchraydi.

 

Kasallik ko‘pincha bolalarda uchraydi. Aniqrog‘i, unga moyil aholi qatlami 3-10 yoshdagi o‘g‘il-qizlar hisoblanadi. Kattalarning xastalanishi esa juda kam kuzatiladigan holatdir.

 

Shuning uchun ham bolalarga xos klinik belgilarni kuzatish mumkin. Yaʼni kasallik tana haroratining keskin oshishi (39-40 darajagacha), bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, holsizlik bilan boshlanib, 2-4 kundan keyin isitma asta-sekin pasaya boshlaydi.

 

Shuningdek, oddiy shamollash belgilari, ichakdagi baʼzi bezovtaliklar, jumladan, ich ketishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish kabilar kuzatilishi mumkin.

 

Koksaki virusiga uchraganida bolalarning qo‘l va oyog‘ining old qismi hamda og‘zining shilliq qavatida turli toshmalar paydo bo‘ladi. Baʼzi hollarda yutinishning qiyinlashishi, kichik yarachalar paydo bo‘lgani uchun stomatitga xos tomoqda og‘riqlar kuzatiladi. Bu esa isitma ko‘tarilishi va ishtahaning pasayishiga olib keladi.

 

Baʼzan asosiy belgilarga qo‘shimcha ravishda bosh og‘rig‘i, limfa tugunlarning kattalashishi kabilar ham kuzatilishi mumkin.

 

Kasallik, asosan, yoz oylarida bolalar ochiq va umumiy cho‘milish suv havzalaridan foydalanganda va bemorlar bilan bevosita muloqot qilgan vaqtda yuqadi. Xastalikning yashirin davri 2-10 kungacha bo‘lib, baʼzi hollarda 2-5 kun davom etadi.

 

Mazkur xastalikni keltirib chiqaradigan virusni dunyoning istalgan joyida uchratish mumkin. O‘zbekistonda ham vaqti-vaqti bilan qayd etiladi.

 

Hozirgacha Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi qoshidagi hamda Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutining laboratoriyalarida Koksaki virusi aniqlagani yo‘q.

 

Demak, yurtimizda mazkur kasalllik keng miqyosda tarqaldi degan fikrga kelish uchun asos mavjud emas.

 

Muhimi, Koksaki virusi uchun maxsus davolash protokollari mavjud va xastalik hech qanday asoratlarsiz to‘liq tuzalib ketadi.

 

Shunday bo‘lsa-da, zinhor, o‘zboshimchalik bilan bemorga bakteriya va virusga qarshi preparatlarni berish kerak emas. Sababi, Koksaki virusiga bu dori vositalari umuman taʼsir qilmaydi.

 

Agar bolada klinik belgilar paydo bo‘lib, ular og‘irroq kechayotgan bo‘lsa, u holda tibbiyot xodimlariga murojaat qilish va spetsifik davolash choralarini ko‘rish maqsadga muvofiq.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistondagi bolalar orasida Koksaki virusi avj olyaptimi? | Zamon.uz