Eron 2 oyda savdodan 8,2 mlrd dollar daromad oldi
Bu haqda Eron bojxona boshqarmasi ma’lum qildi.

Eron xalqaro sanksiyalarga qaramay, 2025-yilning dastlabki ikki oyida neftdan tashqari eksportdan 8,2 milliard AQSh dollari miqdorida daromad ko‘rdi. Bu haqda Eron bojxona boshqarmasi ma’lum qildi.
Rasmiylarga ko‘ra, eksport qilinayotgan mahsulotlar tarkibiga neft mahsulotlarisiz sanoat, qishloq xo‘jaligi va konchilik sohalariga oid tovarlar kiradi. Asosiy savdo sheriklari sifatida Xitoy, Iroq, BAA, Hindiston va Turkiya tilga olinmoqda.
Ushbu ko‘rsatkich sanksiyalar sharoitida Eronga valyuta tushumlarini barqaror saqlab qolish imkonini bermоqda. Tahlilchilarning fikricha, Tehron eksport geografiyasini kengaytirishga urinmoqda.







