Jahon

Britaniya tarixida ilk bor ayol MI6 rahbari etib tayinlandi

Ayol ilk bor Buyuk Britaniya maxfiy xizmatiga boshchilik qiladi.

Britaniya tarixida ilk bor ayol MI6 rahbari etib tayinlandi

 

Buyuk Britaniya tarixida ilk bor ayol kishi — Blez Metreveli — MI6 (Tashqi razvedka xizmati) boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Bosh vazir Kir Starmer rasmiy bayonot orqali ma’lum qildi. Unga ko‘ra, ushbu tayinlov hozirgi xavfsizlik muammolari va global tahdidlar fonida nihoyatda dolzarb hisoblanadi.

 

47 yoshli Metreveli Kembrij universitetida antropologiya bo‘yicha tahsil olgan. U MI6 tizimiga 1999-yilda qo‘shilgan va o‘z faoliyatining asosiy qismini Yevropa hamda Yaqin Sharqdagi missiyalarga bag‘ishlagan. Hozirda u razvedkaning texnologik bo‘limiga rahbarlik qilmoqda. Unga qadar xizmatga besh yil davomida Richard Mur boshchilik qilgan.

 

May oyida The Times gazetasi ushbu lavozim uchun bir nechta ayol nomzod ko‘rib chiqilayotganini xabar qilgan edi. Shular orasida sobiq Xitoydagi elchi Barbara Vudvord nomi tilga olingan, biroq uning Xitoy bilan iliq aloqalari tanqidga uchragan.

 

Blez Metrevelining tayinlanishi nafaqat tarixiy burilish, balki Britaniya razvedka tizimida gender tengligiga yo‘l ochuvchi qadam sifatida ham baholanmoqda.

Brent nefti narxi 115 dollardan oshdi: narxlar may oyidan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Brent nefti narxi 115 dollardan oshdi: narxlar may oyidan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Narxlarning ko‘tarilishiga AQSh va Isroilning Eronga qarshi harbiy zarbalarni qayta boshlashi mumkinligi haqidagi xabarlar ham ta’sir ko‘rsatdi.

Iordaniyada cherkovga qurolli hujum: yetti kishi halok bo‘ldi, 34 kishi yaralandi

Iordaniyada cherkovga qurolli hujum: yetti kishi halok bo‘ldi, 34 kishi yaralandi

Dafn marosimi vaqtida cherkovga bostirib kirgan qurollangan shaxslar o‘t ochgan.

Tayvanda “Champi” to‘foni xavfi: qariyb mingta aviareys bekor qilindi

Tayvanda “Champi” to‘foni xavfi: qariyb mingta aviareys bekor qilindi

Tabiiy ofat oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 163 kishi jarohatlandi.

Xalqaro qidiruv va hibs: O‘zbekistonda jinsiy jinoyatda gumonlangan erkak Rossiyada qo‘lga olindi

Xalqaro qidiruv va hibs: O‘zbekistonda jinsiy jinoyatda gumonlangan erkak Rossiyada qo‘lga olindi

Rossiyada noqonuniy yashab, qurilish maydonida ishlagan o‘zbekistonlik erkak nazorat-o‘tkazish punkti orqali mamlakatdan chiqib ketishga uringanida ushlangan.

“Yana nomzodimni qo‘yish huquqiga egaman” — Tramp

“Yana nomzodimni qo‘yish huquqiga egaman” — Tramp

AQSh prezidenti 2020-yilgi saylovlar soxtalashtirilganini da’vo qilib, uchinchi muddatga nomzodini qo‘yish huquqi borligini aytdi.

Turkiyadagi ko‘mir konida metan portladi: uch kishi halok bo‘ldi

Turkiyadagi ko‘mir konida metan portladi: uch kishi halok bo‘ldi

Jarohatlangan besh nafar konchi shifoxonaga yotqizilgan.

Ukraina bo‘yicha muzokaralar noyabrda Abu-Dabida o‘tkazilishi mumkin — Peskov

Ukraina bo‘yicha muzokaralar noyabrda Abu-Dabida o‘tkazilishi mumkin — Peskov

Kreml Ukraina bo‘yicha muzokaralar dastlab Rossiya, AQSh va Ukraina ishtirokida o‘tishini bildirdi.

Yevropada jazirama oqibati: 50 mingdan ortiq kishi vafot etgan

Yevropada jazirama oqibati: 50 mingdan ortiq kishi vafot etgan

Eng ko‘p o‘lim holatlari Italiya, Fransiya, Ispaniya va Germaniyada qayd etilgan.