Jahon

Yevropada jazirama oqibati: 50 mingdan ortiq kishi vafot etgan

Eng ko‘p o‘lim holatlari Italiya, Fransiya, Ispaniya va Germaniyada qayd etilgan.

Yevropada jazirama oqibati: 50 mingdan ortiq kishi vafot etgan

 

Bu yil yozda Yevropada kuzatilgan kuchli issiq to‘lqini 50 mingdan ortiq kishining o‘limiga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Politico London Imperial kolleji va London gigiyena va tropik tibbiyot maktabi tadqiqotlariga tayanib xabar berdi.

 

Tadqiqot Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Buyuk Britaniya, Norvegiya va Shveytsariyadagi 854 ta shaharni qamrab olgan. Ushbu hududlarda mintaqa aholisining qariyb 40 foizi yashaydi. Qishloq joylari tadqiqotga kiritilmagani sababli, issiq bilan bog‘liq o‘limlarning haqiqiy soni bundan ham yuqori bo‘lishi mumkin.

 

O‘limlarning qariyb uchdan bir qismi iyun oyi oxirida, G‘arbiy va Janubiy Yevropaning ayrim hududlarida harorat iqlim me’yoridan 5 darajagacha yuqori bo‘lgan davrda yuz bergan. Eng ko‘p o‘lim holatlari Italiya, Fransiya, Ispaniya va Germaniyada qayd etilgan.

 

Tadqiqotchilar ta’kidlashicha, eng katta xavf guruhini 85 yosh va undan katta, surunkali kasalliklarga chalingan insonlar tashkil etgan. Shu bilan birga, 65 yoshgacha bo‘lganlar orasida ham minglab o‘lim holatlari qayd etilgan. 20–44 yoshdagilar orasida esa kamida 800 ta holat aniqlangan.

 

Tadqiqotda 2000–2025-yillar oralig‘ida Yevropada taxminan 430 ming kishi issiq bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra vafot etgani qayd etilgan. Olimlar iqlim o‘zgarishi yuqori harorat oqibatlarini yanada kuchaytirayotganini ta’kidlamoqda.

 

Keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yilgi ko‘rsatkichlar avvalgi rekordlardan 71 foizga yuqori. Taqqoslash uchun, 2003-yilda issiq to‘lqinlari oqibatida 28 ming, 2022-yilda esa 29 ming kishi vafot etgan.

Ukraina bo‘yicha muzokaralar noyabrda Abu-Dabida o‘tkazilishi mumkin — Peskov

Ukraina bo‘yicha muzokaralar noyabrda Abu-Dabida o‘tkazilishi mumkin — Peskov

Kreml Ukraina bo‘yicha muzokaralar dastlab Rossiya, AQSh va Ukraina ishtirokida o‘tishini bildirdi.

“Sizlar 7,5 million kishisiz, men esa bittaman” — Sadir Japarov

“Sizlar 7,5 million kishisiz, men esa bittaman” — Sadir Japarov

Qirg‘iziston prezidenti kuniga atigi to‘rt soat uxlashi va qolgan 20 soatini ish bilan o‘tkazishini maʼlum qildi.

“Yana ikkita urushni tugatishga yaqinmiz” — Tramp

“Yana ikkita urushni tugatishga yaqinmiz” — Tramp

AQSh prezidenti Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush yakuniga yaqinlashayotganini ta’kidladi.

To‘rt yillik sukunatdan keyin ziddiyat kuchaydi: Ar-Riyodda portlashlar eshitildi

To‘rt yillik sukunatdan keyin ziddiyat kuchaydi: Ar-Riyodda portlashlar eshitildi

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya husiylar uchirgan ballistik raketani urib tushirgan.

Xitoyda 7 magnitudali zilzila: kamida 16 kishi halok bo‘ldi

Xitoyda 7 magnitudali zilzila: kamida 16 kishi halok bo‘ldi

339 ta oilaning uyi vayron bo‘lgan, qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Fransiyada Shamonda virusi ilk bor odamda aniqlandi: bemor vafot etdi

Fransiyada Shamonda virusi ilk bor odamda aniqlandi: bemor vafot etdi

Bu virus odamda ilk bor aniqlangan holat bo‘lib, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bemorga u mayda qon so‘ruvchi hasharot chaqishi orqali yuqqan.

Saudiya Arabistonidagi aeroportga navbatdagi hujum: bir kishi halok bo'ldi, sakkiz kishi yaralandi

Saudiya Arabistonidagi aeroportga navbatdagi hujum: bir kishi halok bo'ldi, sakkiz kishi yaralandi

Mamlakat sharqida yana to‘rtta dron urib tushirilgan.

Saylovdan keyingi reja: AQSh va Isroil Eronga qarshi operatsiyani ko‘rib chiqmoqda

Saylovdan keyingi reja: AQSh va Isroil Eronga qarshi operatsiyani ko‘rib chiqmoqda

Ehtimoliy hujumlarda yadroviy inshootlar, energetika infratuzilmasi, raketa va dron arsenallari nishonga olinishi mumkin.