Jahon

Isroil fuqarolariga mamlakatni tark etishni taqiqladi

Isroilning asosiy xalqaro aeroporti yopilgan.

Isroil fuqarolariga mamlakatni tark etishni taqiqladi

Isroil hukumati Eron bilan keskinlik ortgani sababli o‘z fuqarolariga xorijga chiqishni vaqtincha taqiqladi. Middle East Monitor’ning xabar berishicha, bu qaror ehtimoliy xavfsizlik tahdidlariga, xususan Eronning aeroportlarga hujum qilish ehtimoliga asoslangan.

 

Hukumat mahalliy aviakompaniyalarga isroillik yo‘lovchilarni xalqaro reyslarga qo‘ymaslikni buyurdi. Isroilning asosiy xalqaro darvozasi hisoblangan Ben-Gurion aeroporti “keyingi ogohlantirishgacha” yopilgan. Bunday qaror xavfsizlik idoralarining aeroportlarda odamlar to‘planib qolishi holatida Eron zarbasi ko‘plab qurbonlarga olib kelishi mumkinligi haqidagi ogohlantirishlariga asoslanadi.

 

Transport vaziri Miri Regev: “Hozirgi bosqichda biz isroilliklarning xorijga chiqishiga ruxsat bermaymiz. Hozir faqat chet ellik diplomatlar, sayyohlar va mehmonlar mamlakatni tark etmoqda”, — deya bayonot berdi. U shuningdek, xorijda qolib ketgan 100 mingdan ortiq isroillikni qaytarish operatsiyasi bosqichma-bosqich amalga oshirilishini ma’lum qildi.

 

Mazkur qaror mamlakat ichida siyosiy noroziliklarni keltirib chiqardi. Milliy birdamlik partiyasi rahbari Benni Gans vazirning fikrlarini qoralab, hukumat xalqni jazolamasligi, balki ularning xavfsiz qaytishini ta’minlashi kerakligini ta’kidladi. Bu chora Eronning yaqinda Mashhad aeroportiga qilingan misli ko‘rilmagan hujumi ortidan kuchaytirilgan xavotirlar fonida kiritilgan.

custom img

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytiradi: Alisher Usmonov ro‘yxatdan chiqariladi

Qaror Latviya avvalgi e’tirozidan voz kechib, ovoz berishda betaraf qolganidan so‘ng ma’qullangan.

custom img

“Kelishuv bo‘lmasa, Eronni yo‘q qilamiz”: Tramp BMTda Eron haqida gapirdi

Donald Tramp boshqa davlatlarni Tehronni iqtisodiy jihatdan yakkalashga va muzokaraga majburlashga chaqirdi.

custom img

Eronga parvozlar to‘xtatildi: Turkiyaning uchta aviakompaniyasi qaror qabul qildi

Turkiyaning Turkish Airlines, AJet va Pegasus aviakompaniyalari 21-sentyabrdan Eronga va Erondan amalga oshiriladigan reyslarni to‘xtatdi. Bu AQSHning Eron aviatsiya sektoriga nisbatan yangi sanksiyalari kuchga kirishi fonida yuz berdi.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"