Jahon

AQSh Yevropa Ittifoqini internetdan uzib qo‘yishi mumkin

AQShning texnologik ustunligi Yevropa suverenitetiga tahdid solmoqda.

AQSh Yevropa Ittifoqini internetdan uzib qo‘yishi mumkin

 

Donald Tramp ma’muriyati Yevropa Ittifoqiga qarshi keskin choralarni ko‘rishi, xususan, uni internet aloqasidan mahrum qilishi mumkin. Bunga sabab sifatida Yevropaning raqamli infratuzilmasi AQSh kompaniyalariga kuchli darajada qaram bo‘lib qolganligi ko‘rsatilmoqda.

 

Yevropadagi tartibga solish masalalari bo‘yicha tahlil markazi rahbari Zak Myers bu borada shunday deydi: “Oldin bunday fikr absurd tuyulardi. Ammo bugun Tramp kabi lider internetni o‘chirib qo‘yishni yoki Yevropa iqtisodiga jiddiy zarar yetkazishni buyurishi mumkinligi real ssenariyga aylangan”.

 

Avstriyaning “Anexia” xizmatlar kompaniyasi rahbari Aleksandr Vindbichler ham Yevropa IT sohasi vakillarini Amerikaga haddan tashqari texnologik qaramlikdan ogoh bo‘lishga chaqirdi. Uning aytishicha, Yevropa raqamli xavfsizlik va suverenitetdan ko‘ra raqobatbardoshlikka e’tibor qaratgani oqibatida hozirda zaif pozitsiyada qolmoqda.

 

Politico nashri qayd etishicha, Yevropa IT infratuzilmasida AQShning yetakchi xizmatlari — Amazon Web Services, Microsoft Azure va Google Cloud — bozorning uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ini egallagan. Sun’iy intellekt sohasida ham Yevropa AQShdan ancha ortda qolmoqda, mikrochiplar ishlab chiqarishda esa uning global ulushi 10 foizdan kam.

 

Shu sababli Yevropa endi raqamli mustaqillik va texnologik xavfsizlik masalalarini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Shu bilan birga, AQSh bilan raqamli hamkorlikni saqlab qolish ham asosiy strategik yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda.

Shveytsariya sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi: Alisher Usmonov undan chiqarildi

Shveytsariya sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi: Alisher Usmonov undan chiqarildi

Rossiyaga qarshi cheklovlar ro‘yxatiga yana 254 ta shaxs va tashkilot qo‘shildi.

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

2025-yilda mamalakatda 129 million banka, 2026-yilning birinchi yarmida esa qariyb 85,9 million banka energetik ichimlik iste’mol qilingan.

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Unga ko‘ra, quruvchilar nolinchi sikl tugamaguncha uy-joylarni sotishi, ulushli ishtirok shartnomalarini tuzishi va loyihalarni reklama qilishi mumkin emas.

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Shu bilan birga, Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga bergan zarbalari bir nechta hududda elektr va suv ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘ldi.

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bungacha eng ko‘p qizil kartochkalar soni 36 ta bo‘lgan.

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

Kompaniya ayrim buyurtmalarni bekor qiladi, qolganlarini esa boshqa omborlardan yetkazib beradi.

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Mohsen Rizoiy AQSh Eronning shartlarini to‘liq qabul qilganidan keyingina bo‘g‘oz ochilishini ma’lum qildi.

Tarixiy natija: AQSh Senatiga ilk musulmon senator saylanishi mumkin

Tarixiy natija: AQSh Senatiga ilk musulmon senator saylanishi mumkin

U saylov kampaniyasini Nyu-York meri Zohran Mamdani qo‘llagan uslubga yaqin tarzda olib borgan.