Siyosat

Qo‘shma deklaratsiya, OAV uchun maxsus bayonot va bayramona konsert: Shavkat Mirziyoyevning Mo‘g‘ulistonga tashrifida nimalar bo‘ldi?

Ikki tomonlama munosabatlar tarixida birinchi bo‘lgan ushbu tashrif ko‘p qirrali O‘zbekiston–Mo‘g‘uliston aloqalarini rivojlantirishda yangi bosqichni boshlab bermoqda.

Qo‘shma deklaratsiya, OAV uchun maxsus bayonot va bayramona konsert: Shavkat Mirziyoyevning Mo‘g‘ulistonga tashrifida nimalar bo‘ldi?

 

Davlat tashrifi bilan Mo‘g‘ulistonda bo’lgan Shavkat Mirziyoyev bulan Uxnaagiyn Xurelsux o‘rtasida tor doiradagi va rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz rahbari Mo‘g‘uliston yetakchisiga samimiy qabul va rasmiy tashrif taklifi uchun minnatdorlik bildirdi.

 

Tashrif ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali aloqalarni rivojlantirishda yangi bosqichni boshlab berdi. Muloqot chog‘ida barcha darajadagi aloqalar faollashgani, tovar ayirboshlash hajmi ortib borayotgani, sog‘liqni saqlash, ta’lim, elektron savdo, qishloq xo‘jaligi va qurilish materiallari ishlab chiqarish kabi yo‘nalishlarda ilk hamkorlik loyihalari amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Ulan-Batorda O‘zbekiston mahsulotlari uchun savdo uyi ham ochildi.

 

 

Muzokaralar davomida iqtisodiy kooperatsiyani chuqurlashtirish, imtiyozli savdo va investitsiyalarni himoya qilishga doir bitimlarni tezlashtirish, sanoat, tog‘-kon, qishloq xo‘jaligi, transport, ta’lim va ekoturizm kabi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha yangi tashabbuslar ilgari surildi. Shuningdek, O‘zbekiston Geologiya vazirligining vakolatxonasi Ulan-Batorda ochilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Uchrashuv asnosida Prezidentlar keng qamrovli sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani hamda sog‘liqni saqlash, oliy ta’lim, sport, jinoyatchilikka qarshi kurashish, qishloq xo‘jaligi va madaniyat sohalarida hamkorlikni nazarda tutuvchi hujjatlarni imzoladilar. Tashqi ishlar va savdo vazirliklari o‘rtasida 2026-2028-yillar uchun hamkorlik dasturlari ham tasdiqlandi.

 

 

 

Davlat rahbarlari shuningdek ikki davlat OAV vakillari uchun uchrashuvda ishtirok etib, o‘zaro do‘stlik va hamkorlikning yangi bosqichi boshlanganini ta’kidladilar. Xususan, O‘zbekiston Prezidenti Mo‘g‘uliston xalqini Xalq inqilobi kuni bilan tabriklab, mamlakatda kechayotgan islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy yutuqlar va xalqaro nufuzning oshib borayotganini e’tirof etdi.

 

 

 

Muzokaralarda O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston iqtisodiy hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish, transport bog‘liqligini mustahkamlash, aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish, oliy ta’lim kvotalarini kengaytirish va madaniy almashinuvlarni kuchaytirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.

 

Tashrif doirasida ikki davlat rahbarlari san’at ustalari konsert dasturida ham ishtirok etib, xalqlarimiz do‘stligining madaniy ifodasiga guvoh bo‘ldilar. Konsert O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston aloqalarida yangi davr boshlanganining ramziy ifodasi bo‘ldi.

 

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Qo‘shma deklaratsiya, OAV uchun maxsus bayonot va bayramona konsert: Shavkat Mirziyoyevning Mo‘g‘ulistonga tashrifida nimalar bo‘ldi? | Zamon.uz