Oliy sudda svet o'chgani uchun xizmatlar vaqtincha to‘xtatildi
Fuqarolar va murojaat etuvchilardan vaqtincha noqulaylik uchun uzr so‘raldi.

Toshkent shahrida joylashgan O‘zbekiston Oliy sudi binosida elektr ta’minotida uzilish yuz berdi.
Mazkur texnik nosozlik tufayli sudning interaktiv xizmatlari vaqtincha to‘xtatilgani rasman ma’lum qilindi.
Fuqarolar va murojaat etuvchilardan vaqtincha noqulaylik uchun uzr so‘raldi.
Ta’mirlash ishlari olib borilmoqda va xizmatlar yaqin vaqt ichida tiklanishi kutilmoqda.







