Jahon

Eron yadro dasturi hujumlarga qaramay tiklanadi

Bu haqda Xalqaro atom energetikasi agentligi (MAGATE) bosh direktori Rafael Grossi ma'lum qildi.

Eron yadro dasturi hujumlarga qaramay tiklanadi

 

Xalqaro atom energetikasi agentligi (MAGATE) bosh direktori Rafael Grossining aytishicha, Eron so‘nggi oylar ichida AQSH va Isroil tomonidan berilgan harbiy zarbalarga qaramay, yaqin oylarda uran boyitish jarayonini yana boshlashi mumkin. Bu haqda Grossi CBS News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi deb yozadi Al Arabiya nashri.

 

2025-yil 13-iyun kuni Isroil tomonidan Eronning yadro va harbiy obyektlariga havodan zarba berilgan edi. Isroil rasmiylari bu hujumlarni Tehronni yadroviy qurolga ega chiqishining oldini olish uchun amalga oshirganini bildirgan. Keyinchalik AQSH ham mojaroga jalb etilib, Fordo yadro inshootiga chuqur yerosti bombalarini yo‘llagan.

 

Tehron esa o‘zining yadroviy dasturi tinch maqsadlarga qaratilganini va ommaviy qirg‘in quroliga ega chiqish niyati yo‘qligini ta’kidlab kelmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yetkazilgan zararning aniq hajmi noma’lum. Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi bu zararni "jiddiy" deb atagan, ammo tafsilotlarni oshkor qilmagan.

 

AQSH rasmiylari zarbalar natijasida Eronning yadro imkoniyatlari “o‘n yillarga ortga surilgani”ni bildirgan bo‘lsa-da, MAGATE rahbari bu da’voga shubha bilan qaraydi. Grossining so‘zlariga ko‘ra: “Ba’zi obyektlar hali ham saqlanib qolgan. Eron bir necha oy ichida, hatto undan ham kam muddatda uranni boyitishni boshlashi mumkin”.

 

Kuzatuvchi matijalariga ko‘ra, Eron hozirda 60 foiz darajada boyitilgan 408,6 kg og‘irlikdagi uran zaxirasiga ega bo‘lishi mumkin. Bu daraja tinch energiya maqsadlaridan yuqori, ammo qurol ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan darajadan pastdir. Ushbu zaxiralar Isroil va AQSH zarbalaridan oldin noma’lum joyga ko‘chirilgan bo‘lishi mumkin, deya taxmin qilinmoqda.

 

Grossi bu boradagi noaniqliklarga e’tibor qaratdi: “Bu materiallar qayerga ko‘chirilgani noma’lum. Bir qismi hujumlar chog‘ida yo‘q qilingan, qolganlari yashirin joylarga o‘tkazilgan bo‘lishi mumkin. Bu borada aniqlik kiritilishi lozim”.

 

Zarbalar ortidan Eron parlamenti MAGATE bilan bir qator hamkorliklarni to‘xtatishga qaror qildi. Fordo inshootiga tashrif buyurish bo‘yicha tashkilot rahbarining so‘rovi ham rad etildi.

Shveytsariya sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi: Alisher Usmonov undan chiqarildi

Shveytsariya sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi: Alisher Usmonov undan chiqarildi

Rossiyaga qarshi cheklovlar ro‘yxatiga yana 254 ta shaxs va tashkilot qo‘shildi.

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

2025-yilda mamalakatda 129 million banka, 2026-yilning birinchi yarmida esa qariyb 85,9 million banka energetik ichimlik iste’mol qilingan.

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Unga ko‘ra, quruvchilar nolinchi sikl tugamaguncha uy-joylarni sotishi, ulushli ishtirok shartnomalarini tuzishi va loyihalarni reklama qilishi mumkin emas.

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Shu bilan birga, Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga bergan zarbalari bir nechta hududda elektr va suv ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘ldi.

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bungacha eng ko‘p qizil kartochkalar soni 36 ta bo‘lgan.

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

Kompaniya ayrim buyurtmalarni bekor qiladi, qolganlarini esa boshqa omborlardan yetkazib beradi.

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Mohsen Rizoiy AQSh Eronning shartlarini to‘liq qabul qilganidan keyingina bo‘g‘oz ochilishini ma’lum qildi.

Tarixiy natija: AQSh Senatiga ilk musulmon senator saylanishi mumkin

Tarixiy natija: AQSh Senatiga ilk musulmon senator saylanishi mumkin

U saylov kampaniyasini Nyu-York meri Zohran Mamdani qo‘llagan uslubga yaqin tarzda olib borgan.