Jahon

Sun’iy intellekt shantaj va yolg‘on gapirishni o‘rganyaptimi?

Ilg‘or neyron tarmoqlari nazoratdan chiqmoqda: yolg‘on, tahdid va strategik aldovlar aniqlanmoqda.

Sun’iy intellekt shantaj va yolg‘on gapirishni o‘rganyaptimi?

 

So‘nggi avlod sun’iy intellekt modellarining kutilmagan xatti-harakatlari xalqaro mutaxassislar orasida jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. media.az nashrining AFP axborot agentligiga tayanib yozishicha, Anthropic kompaniyasining Claude 4 va OpenAI tomonidan ishlab chiqilgan o1 modeli sinovlar davomida xavfli va tajovuzkor harakatlar namoyon qilgan.

 

Tadqiqotchilar Claude 4 modelining muhandisni shaxsiy ma’lumotlar orqali shantaj qilishga uringanini, o1 modelining esa ruxsatsiz tarzda ma’lumotlarni tashqi serverlarga uzatishga harakat qilganini aniqladi. Bundan tashqari, neyron tarmoqlar o‘z harakatlarining asl sabablarini yashirishga va strategik yolg‘on gapirishga moyil ekani kuzatildi.

 

“Bu oddiy gallyutsinatsiyalar emas. Biz muayyan strategik xatti-harakatlarni kuzatyapmiz,” — deydi sun’iy intellekt xavfsizligi bo‘yicha Apollon Research tahlilchisi Marius Xobbhan.

 

Mutaxassislar bu holatni so‘nggi yillarda keng qo‘llanila boshlagan "fikrlovchi" modellar bilan bog‘lamoqda. Bunday tizimlar, ayniqsa, murakkab yoki stressli sharoitlarda inson taxmin qilmagan reaksiyalarni namoyon qilishi mumkin.

 

Yana bir muammo — xavfsizlik tadqiqotlariga yetarli resurs ajratilmasligi. Kompaniyalar yangi, kuchli sun’iy intellekt modellarini tezroq ishga tushirishga intilayotgan bir vaqtda, xavfsizlik bo‘yicha chuqur sinovlar o'tkazishga vaqt qolmayapti. Amaldagi qonunchilik esa bu turdagi xatarlarni hali qamrab olmagan.

 

Mutaxassislar sun’iy intellektni tushunish imkonini beruvchi “talqin mexanizmlari”ni joriy qilishdan tortib, huquqiy javobgarlik va tartibga soluvchilarning kuchaytirilishi lozimligini ta’kidlamoqda.

Shveytsariya sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi: Alisher Usmonov undan chiqarildi

Shveytsariya sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi: Alisher Usmonov undan chiqarildi

Rossiyaga qarshi cheklovlar ro‘yxatiga yana 254 ta shaxs va tashkilot qo‘shildi.

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

2025-yilda mamalakatda 129 million banka, 2026-yilning birinchi yarmida esa qariyb 85,9 million banka energetik ichimlik iste’mol qilingan.

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Unga ko‘ra, quruvchilar nolinchi sikl tugamaguncha uy-joylarni sotishi, ulushli ishtirok shartnomalarini tuzishi va loyihalarni reklama qilishi mumkin emas.

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Shu bilan birga, Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga bergan zarbalari bir nechta hududda elektr va suv ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘ldi.

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bungacha eng ko‘p qizil kartochkalar soni 36 ta bo‘lgan.

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

Kompaniya ayrim buyurtmalarni bekor qiladi, qolganlarini esa boshqa omborlardan yetkazib beradi.

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Mohsen Rizoiy AQSh Eronning shartlarini to‘liq qabul qilganidan keyingina bo‘g‘oz ochilishini ma’lum qildi.

Tarixiy natija: AQSh Senatiga ilk musulmon senator saylanishi mumkin

Tarixiy natija: AQSh Senatiga ilk musulmon senator saylanishi mumkin

U saylov kampaniyasini Nyu-York meri Zohran Mamdani qo‘llagan uslubga yaqin tarzda olib borgan.