Jahon

Mumbayda 3 yil davomida uydan chiqmagan erkak axlatlar orasidan topildi

Ruhiy tushkunlikda yashagan sobiq dasturchi yillar davomida yolg‘izlikda yashadi.

Mumbayda 3 yil davomida uydan chiqmagan erkak axlatlar orasidan topildi

Hindistonning Mumbay shahrida 3 yil davomida ijtimoiy hayotdan butunlay chekinib, uyi ichida yashab kelgan erkak axlat va chiqindilar orasida topildi. Bu haqda The Indian Express nashri xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 55 yoshli sobiq dasturchi Anup Kumar Nair chuqur depressiyaga tushib, yaqinlarining vafotidan so‘ng jamiyatdan ajralgan va ijtimoiy aloqalarni to‘liq uzgan. Yillar davomida yolg‘izlikda yashagan erkakni SEAL (Social and Evangelical Association for Love) nomli xayriya tashkiloti ijtimoiy xodimlari aniqlagan.

 

Nair yashayotgan xonadon tashrif chog‘ida axlat, oziq-ovqat qoldiqlari, singan mebellar va boshqa chiqindilar bilan to‘lib-toshgani aniqlangan. U so‘nggi uch yil davomida faqat onlayn buyurtmalar orqali oziq-ovqatlar olgan. Shuningdek, uning oyog‘ida jiddiy infeksiya aniqlanib, tez tibbiy yordam ko‘rsatildi.

 

Ayni paytda u vaqtincha xayriya tashkilotining boshpanasida yashamoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, do‘stlari yo‘q va sog‘lig‘i yomon bo‘lgani uchun yangi ish topish imkoniyati mavjud emas.

 

Nairning qo‘shnilaridan biri shunday deydi:

“Biz bir necha bor unga yordam taklif qildik, uyi ichidagi holatni tozalashga ham urinib ko‘rdik. Shuningdek, ota-onasining bank omonatini uning shaxsiy hisobiga o‘tkazishda ko‘mak berdik”.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Mumbayda 3 yil davomida uydan chiqmagan erkak axlatlar orasidan topildi | Zamon.uz