Jahon

AQSh sudi Google’ni 314 million dollar jarimaga tortdi

Android foydalanuvchilarning ma’lumotlarini yashirincha to‘plagani uchun kompaniyaga chora ko‘rildi.

AQSh sudi Google’ni 314 million dollar jarimaga tortdi

AQShning Kaliforniya shtati sud hay’ati Google kompaniyasini Android foydalanuvchilarning roziligisiz ularning shaxsiy ma’lumotlarini noqonuniy tarzda yig‘ganlik ayblovi bo‘yicha 314 million dollar to‘lashga majbur qildi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

 

Da’vogarlarga ko‘ra, Google’ning bosh kompaniyasi Alphabet Inc Android qurilmalarini hatto Wi-Fi tarmog‘iga ulanmagan holatda ham ma’lumotlarni o‘z serverlariga uzatishga sozlagan. Shu orqali foydalanuvchilarning pulli mobil internet trafiklaridan foydalanilgan va bu ma’lumotlar kompaniya tomonidan maqsadli reklamalarni kuchaytirish hamda xaritalash xizmatlarini rivojlantirishda ishlatilgan.

 

Bu holat Google’ning maxfiylik siyosatiga oid so‘nggi sud ishlaridan biridir.

 

Google vakili sud qaroriga rozi emasliklarini bildirib, apellyatsiya shikoyati kiritilishini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Android foydalanuvchilari qurilma sozlamalari va xizmat ko‘rsatish shartlarini qabul qilish orqali ma’lumot almashishga rozilik bildirgan bo‘ladi.

 

Kaliforniya aholisi nomidan berilgan jamoaviy da’vo 2019 yilda Santa Klara Oliy sudiga kiritilgan. Shu bilan birga, butun AQSh bo‘ylab Android foydalanuvchilari ishtirokida yana bir federal ish ko‘rib chiqilmoqda. Unga oid sud jarayoni 2026 yil boshiga belgilangan.

Shveytsariya sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi: Alisher Usmonov undan chiqarildi

Shveytsariya sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi: Alisher Usmonov undan chiqarildi

Rossiyaga qarshi cheklovlar ro‘yxatiga yana 254 ta shaxs va tashkilot qo‘shildi.

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

2025-yilda mamalakatda 129 million banka, 2026-yilning birinchi yarmida esa qariyb 85,9 million banka energetik ichimlik iste’mol qilingan.

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Unga ko‘ra, quruvchilar nolinchi sikl tugamaguncha uy-joylarni sotishi, ulushli ishtirok shartnomalarini tuzishi va loyihalarni reklama qilishi mumkin emas.

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Shu bilan birga, Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga bergan zarbalari bir nechta hududda elektr va suv ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘ldi.

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bungacha eng ko‘p qizil kartochkalar soni 36 ta bo‘lgan.

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

Kompaniya ayrim buyurtmalarni bekor qiladi, qolganlarini esa boshqa omborlardan yetkazib beradi.

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Mohsen Rizoiy AQSh Eronning shartlarini to‘liq qabul qilganidan keyingina bo‘g‘oz ochilishini ma’lum qildi.

Tarixiy natija: AQSh Senatiga ilk musulmon senator saylanishi mumkin

Tarixiy natija: AQSh Senatiga ilk musulmon senator saylanishi mumkin

U saylov kampaniyasini Nyu-York meri Zohran Mamdani qo‘llagan uslubga yaqin tarzda olib borgan.