Jahon

Bayden nimani yashirmoqda?

Baydenning shifokori uning sog‘ligi bo‘yicha savollarga javob berishdan bosh tortdi.

Bayden nimani yashirmoqda?

AQSh sobiq prezidenti Jo Baydenning shaxsiy shifokori Dr. Kevin O’Connor chorshanba kuni Kongressdagi yopiq eshituvda Baydenning sog‘ligi va ruhiy holati yuzasidan birorta ham savolga javob bermay, o‘zining o‘ziga qarshi guvohlik bermaslik huquqini (AQSh Konstitutsiyasining 5-tuzatmasi) ishga soldi.

 

Vakillar palatasi nazorat qo‘mitasi raisi respublikachi Jeyms Komer (Kentukki) bu harakatni “odatdan tashqari holat” deb atadi va “bu prezident sog‘lig‘i bo‘yicha usti yopilgan katta yashirin voqeani tasdiqlaydi,” dedi.

 

O’Connorga ikki asosiy savol berilgan:

 

“Siz prezident sog‘ligi haqida yolg‘on gapirishga majbur bo‘lganmisiz?”

 

“Siz hech qachon Jo Bayden o‘z vazifalarini bajarishga yaroqsiz, deb o‘ylaganmisiz?”

 

Har ikki savolga u javob bermasdan, 5-tuzatmani ko‘rsatgan.

 

Qo‘mita hatto Dr. O’Connorning qisqa davom etgan yopiq eshituvidan lavhani ijtimoiy tarmoqlarda “Ular nimani yashirmoqda?” degan so‘zlar bilan e’lon qildi.

 

Barak Obama davrida Oq uyda ishlagan shifokor Dr. Jefri Kulman ushbu savollar tibbiy maxfiylik (HIPAA) qonunlariga zid emasligini bildirdi va O’Connor ularga javob berishi mumkinligini aytdi.

 

“O‘ylashimcha, bu savollar aniq tibbiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olmaydi,” dedi Kulman. U shuningdek, “prezidentlik salomatligi uchun yillik ruhiy testlar majburiy bo‘lishi kerak,” degan fikrni ilgari surgan.

 

Respublikachi kongressmen Ronni Jekson (sobiq harbiy shifokor):

 

“Dr. O’Connorning 5-tuzatmani ishga solishi u Baydenning prezidentlikka yaroqsizligini bilganini va endi o‘zini himoya qilishga urinayotganini ko‘rsatadi.”

 

Demokrat kongressmen Jasmine Krokket (Texas):

 

“Men jinoyat ishlarida advokat bo‘lganman. U qilgan harakat yuridik jihatdan to‘g‘ri. Agar u bemorning (hatto sobiq prezidentning) sog‘lig‘i haqida gapirganida, tibbiy litsenziyasidan ayrilishi mumkin edi.”

 

Kongress Bayden prezidentligi davrida hokimiyatni aslida kim boshqarganini aniqlashga harakat qilmoqda. 2025-yil 20-mayda chiqqan “Original Gunoh” nomli kitobda “Politbyuro” deb ataluvchi kichik maslahatchilar guruhi Oq uydagi qarorlarni qabul qilgani iddao qilingan.

 

Shu munosabat bilan, Baydenning sobiq yordamchilari — Eshli Uilyams (12-iyul), Anni Tomasini (18-iyul), Ron Klain (24-iyul), Stiv Rikketti (30-iyul), Mayk Donilon (31-iyul) va Bryus Rid (5-avgust) kabi shaxslar Kongress oldida so‘roq qilinadi.

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

2025-yilda mamalakatda 129 million banka, 2026-yilning birinchi yarmida esa qariyb 85,9 million banka energetik ichimlik iste’mol qilingan.

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Unga ko‘ra, quruvchilar nolinchi sikl tugamaguncha uy-joylarni sotishi, ulushli ishtirok shartnomalarini tuzishi va loyihalarni reklama qilishi mumkin emas.

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Shu bilan birga, Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga bergan zarbalari bir nechta hududda elektr va suv ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘ldi.

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bungacha eng ko‘p qizil kartochkalar soni 36 ta bo‘lgan.

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

Kompaniya ayrim buyurtmalarni bekor qiladi, qolganlarini esa boshqa omborlardan yetkazib beradi.

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Mohsen Rizoiy AQSh Eronning shartlarini to‘liq qabul qilganidan keyingina bo‘g‘oz ochilishini ma’lum qildi.

Tarixiy natija: AQSh Senatiga ilk musulmon senator saylanishi mumkin

Tarixiy natija: AQSh Senatiga ilk musulmon senator saylanishi mumkin

U saylov kampaniyasini Nyu-York meri Zohran Mamdani qo‘llagan uslubga yaqin tarzda olib borgan.

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Biroq yangi hukumatni shakllantirishda arab partiyalari bilan hamkorlik masalasi muxolifat ichidagi asosiy kelishmovchilik bo‘lib qolmoqda.