Siyosat

Fransiya va Buyuk Britaniya yadroviy kuchlarini birlashtirmoqda

Ikki davlat Yevropa xavfsizligiga tahdid yuzaga kelganda birgalikda javob berishga kelishib oldi.

Fransiya va Buyuk Britaniya yadroviy kuchlarini birlashtirmoqda

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer tarixiy deklaratsiyani imzoladi. Ushbu hujjat ikki davlatning mustaqil yadroviy kuchlarini birinchi bor muvofiqlashtirishini rasman e’lon qiladi. Bu Yevropa xavfsizligi uchun yangi bosqich bo‘lib, yadroviy siyosatda hamkorlikka eshik ochadi. Bu haqda The New York Times nashri xabar bergan.

 

"Bugun ertalab biz tegishli deklaratsiyani imzoladik. Bu hujjat birinchi marta bizning mustaqil yadroviy tiyib turuvchi kuchlarimizni muvofiqlashtirishimizni tasdiqlaydi," — dedi Starmer Parijdagi matbuot anjumanida. "Agar qit’amiz xavf ostida qolsa, bu ikki davlat tomonidan birgalikda javob berishga olib keladi."

 

Ekspertlarning fikricha, bu kelishuv Rossiya yoki boshqa geosiyosiy tahdidlarga qarshi kuchli signal bo‘lib xizmat qiladi. Ayniqsa, NATO doirasidan tashqari ikki yadroviy davlat o‘rtasida bunday darajadagi strategik muvofiqlik ilk bor kuzatilmoqda. Kelishuv Yevropaning yadroviy xavfsizlik tamoyillarini qayta shakllantirishi mumkin.

 

Fransiya va Buyuk Britaniya NATO a’zosi bo‘lishiga qaramay, o‘z yadroviy tarsenallarini mustaqil boshqaradi. Bu kelishuv ularga bir-birining strategik harakatlariga tezroq javob berish imkonini beradi. Rasmiylarning qayd etishicha, deklaratsiya Yevropa mudofaasini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamdir.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Fransiya va Buyuk Britaniya yadroviy kuchlarini birlashtirmoqda | Zamon.uz