Jahon

Makronning rafiqasini “erkak” degani uchun qamalgan jurnalist sudda yutib chiqdi

Jurnalist tarqatgan videoda Brijit aslida Jan-Mishel ismli erkak ekanini ta’kidlagan. Video ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalib, jamoatchilikda katta shov-shuvga sabab bo‘lgan. Mavzu xalqaro OAVda ham keng yoritilgan.

Makronning rafiqasini “erkak” degani uchun qamalgan jurnalist sudda yutib chiqdi

Fransiyada prezident Emmanuel Makronning rafiqasi Brijit Makron “aslida erkak bo‘lib tug‘ilgan” degan da’vo bilan sudga tortilgan jurnalist Natasha Rey Parij apellyatsiya sudi tomonidan oqlandi. Bu haqda Le Media nashri xabar berdi.

 

Natasha Reyning advokati Fransua Dangleanning so‘zlariga ko‘ra, sud qarori jurnalist foydasiga chiqdi. Rey endilikda Brijit va uning asl familiyasi bo‘lgan Jan-Mishel Trone ustidan yangi sud jarayoni boshlashni rejalashtirmoqda. U o‘ziga nisbatan ilgari qo‘yilgan ayblovlarni “firibgarlik asosida qurilgan” deya baholamoqda.

 

Jurnalistning da’vosi ilk bor 2021-yil dekabrida YouTube’da tarqatilgan videoda paydo bo‘lgandi. Rey videoda Brijit aslida Jan-Mishel ismli erkak ekanini ta’kidlagan. Mazkur video ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalib, jamoatchilikda katta shov-shuvga sabab bo‘lgan.

 

Prezident Makron bu masalaga ilk bor 2024-yil mart oyida munosabat bildirgan va bu kabi soxta ma’lumotlar uning siyosiy faoliyatidagi eng og‘ir holatlardan biri ekanini ta’kidlagan edi.

 

Shu yil sentabrida Parij sudi Natasha Rey va yana bir ayolni tuhmatda aybdor deb topib, ularga 13,5 ming yevro miqdorida jarima solgan edi. Biroq apellyatsiya sudi bu qarorni bekor qildi.

 

Bu mavzu xalqaro OAVda ham keng yoritilgan. Jumladan, amerikalik jurnalist Kendis Ouens ham Brijit Makronning erkak jinsida tug‘ilgani haqidagi “dalillarni” e’lon qilishga va’da bergan.

 

Jurnalistlar ta’kidicha, Makron o‘zining o‘qituvchisi Brijit bilan munosabatga kirishganida 15 yoshda, Brijit esa 39 yoshda bo‘lgan. Ammo Brijitning yoshlikdagi hayoti va ta’limi haqida aniq ma’lumotlar yo‘qligi alohida ta’kidlanmoqda.

 

Shu tariqa, bu da’volar atrofidagi sud jarayonlari Frantsiyada so‘z erkinligi, shaxsiy hayot daxlsizligi va ijtimoiy tarmoqlardagi yolg‘on ma’lumotlar muammosi borasida muhim muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Shveytsariya sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi: Alisher Usmonov undan chiqarildi

Shveytsariya sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi: Alisher Usmonov undan chiqarildi

Rossiyaga qarshi cheklovlar ro‘yxatiga yana 254 ta shaxs va tashkilot qo‘shildi.

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

2025-yilda mamalakatda 129 million banka, 2026-yilning birinchi yarmida esa qariyb 85,9 million banka energetik ichimlik iste’mol qilingan.

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Unga ko‘ra, quruvchilar nolinchi sikl tugamaguncha uy-joylarni sotishi, ulushli ishtirok shartnomalarini tuzishi va loyihalarni reklama qilishi mumkin emas.

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Shu bilan birga, Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga bergan zarbalari bir nechta hududda elektr va suv ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘ldi.

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bungacha eng ko‘p qizil kartochkalar soni 36 ta bo‘lgan.

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

Kompaniya ayrim buyurtmalarni bekor qiladi, qolganlarini esa boshqa omborlardan yetkazib beradi.

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Mohsen Rizoiy AQSh Eronning shartlarini to‘liq qabul qilganidan keyingina bo‘g‘oz ochilishini ma’lum qildi.

Tarixiy natija: AQSh Senatiga ilk musulmon senator saylanishi mumkin

Tarixiy natija: AQSh Senatiga ilk musulmon senator saylanishi mumkin

U saylov kampaniyasini Nyu-York meri Zohran Mamdani qo‘llagan uslubga yaqin tarzda olib borgan.