O'zbekiston

Azizbek Urunov Prezidentning Jahon savdo tashkiloti bo‘yicha rasmiy vakili lavozimiga tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Prezident Administratsiyasida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi.

Azizbek Urunov Prezidentning Jahon savdo tashkiloti bo‘yicha rasmiy vakili lavozimiga tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko‘ra, davlat xizmatining turli yo‘nalishlarida qator yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Quyidagi mutasaddilar yangi lavozimlarga tayinlandi:

 

Erkin Yuldashev — Prezident Administratsiyasining Komplaens xizmati boshlig‘i etib tayinlandi.

 

Azizbek Urunov — Prezidentning Jahon savdo tashkiloti bo‘yicha rasmiy vakili lavozimini egalladi. Shu munosabat bilan u JST bo‘yicha maxsus vakil lavozimidan ozod qilindi.

 

Aziz Magrupov — Prezidentning tashqi investitsiyalar bo‘yicha vakili lavozimini egalladi. U bunga qadar ushbu soha bo‘yicha prezident maslahatchisi bo‘lgan.

 

Alisher Sultanov — energetik xavfsizlik bo‘yicha Prezident vakili etib tayinlandi. Shu asosda u energetika masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimidan ozod qilindi.

 

Odil Abdurahmonov — Prezidentning sport bo‘yicha vakili lavozimini egalladi. U ilgari Prezident Administratsiyasining Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari bo‘lgan.

 

Ushbu tayinlovlar davlat boshqaruvining strategik yo‘nalishlarida mutaxassislar salohiyatidan samarali foydalanishga qaratilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Azizbek Urunov Prezidentning Jahon savdo tashkiloti bo‘yicha rasmiy vakili lavozimiga tayinlandi | Zamon.uz