Quvasoyda MIB orqali 120 mln jinoiy jarima undirildi
Jarima soliqdan qochish oqibatida yuzaga kelgan.

Majburiy ijro byurosining Farg‘ona viloyati Quvasoy shahar bo‘limi tomonidan fuqaro F.N.dan soliqdan qochish oqibatida sodir etilgan jinoyat uchun davlat foydasiga 120 million so‘m jinoiy jarima to‘liq undirildi.
Bu holat soliq to‘lamaslikning jiddiy oqibatlari borligini yana bir bor eslatadi.
Bundan oldinroq Qashqadaryoda MIB orqali 1 mlrd so‘mdan ortiqroq ish haqlari undirib berilgandi.
Bu bo‘yicha o‘tgan 6 oyda viloyatda 58 ta ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar bo‘yicha 1 milliard 100 million so‘m undirib berilgan.







