Qoraqalpog'istonning qator tumanlarida bog‘chalar vaqtincha yopiladi - vazirlik
16–18-iyul kunlari bolalar sog‘lig‘ini asrash maqsadida bog‘chalar faoliyati to‘xtatiladi.

O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati 2025-yil 16–18-iyul kunlari respublikamizda havo harorati keskin oshishini ma’lum qildi.
Shu sababli bolalarning sog‘lig‘ini saqlash va salbiy ta’sirlarning oldini olish maqsadida Sanitariya qoidalari va me’yorlariga (SanQvaM) rioya qilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh, Xo‘jayli va Qorao‘zak tumanlari hokimliklari tegishli qaror qabul qildi.
Unga ko‘ra, ushbu hududlardagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari 2025-yil 16–17–18-iyul kunlari o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi.







