Jahon

Tramp sobiq prezident Barak Obamani firibgarlikda aybladi

Uning fikricha, Obama va u bilan birga harakat qilgan shaxslar saylovdagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlikka tortilishi kerak.

Tramp sobiq prezident Barak Obamani firibgarlikda aybladi

AQSh prezidenti Donald Tramp 2025-yil iyul oyida “Truth Social” platformasida e’lon qilgan bayonotida 2016-yilgi prezidentlik saylovlari yuzasidan sobiq prezident Barak Obamani firibgarlikda aybladi. Trampning ta’kidlashicha, o‘sha vaqtdagi Demokratlar partiyasi a’zolari, jumladan Obama boshchiligidagi siyosiy guruhlar, saylov natijalariga noqonuniy ta’sir ko‘rsatishga uringan.

 

Ushbu chiqishida Tramp Fox News telekanali jurnalisti Xarrison Filds va Milliy razvedka direktori Tulsi Gabbardning 2016-yilgi saylovlar yuzasidan fosh etilgan faktlarga asoslangan bayonotlarini maqtov bilan tilga oldi.

 

“Obama va uning “gangsterlar jamoasi” saylovdagi firibgarlik uchun eng yuqori darajada jinoiy javobgarlikka tortilishi kerak”, — deb yozdi Tramp o‘z postida.

 

Shuningdek, Tramp Tulsi Gabbardning Obama ma’muriyati davrida AQSh razvedka xizmatlari siyosiy maqsadlarda Tramp prezidentligiga to‘siq bo‘lish uchun noto‘g‘ri ishlatilgani haqidagi bayonotini ijobiy baholab, uni ochiqchasiga tabrikladi.

 

Ma’lumot o‘rnida, Donald Tramp 2016-yilgi saylovlarda Respublikachilar partiyasi nomzodi sifatida ishtirok etib, demokrat nomzod Hillari Klinton ustidan g‘alaba qozongan edi. Tramp va uning tarafdorlari bu saylovlar davomida noto‘g‘ri axborotlar, razvedka manipulyatsiyasi va ommaviy axborot vositalari orqali bosim bo‘lgani haqida bir necha bor bayonot bergan.

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Unga ko‘ra, quruvchilar nolinchi sikl tugamaguncha uy-joylarni sotishi, ulushli ishtirok shartnomalarini tuzishi va loyihalarni reklama qilishi mumkin emas.

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Shu bilan birga, Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga bergan zarbalari bir nechta hududda elektr va suv ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘ldi.

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bungacha eng ko‘p qizil kartochkalar soni 36 ta bo‘lgan.

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

Kompaniya ayrim buyurtmalarni bekor qiladi, qolganlarini esa boshqa omborlardan yetkazib beradi.

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Mohsen Rizoiy AQSh Eronning shartlarini to‘liq qabul qilganidan keyingina bo‘g‘oz ochilishini ma’lum qildi.

Tarixiy natija: AQSh Senatiga ilk musulmon senator saylanishi mumkin

Tarixiy natija: AQSh Senatiga ilk musulmon senator saylanishi mumkin

U saylov kampaniyasini Nyu-York meri Zohran Mamdani qo‘llagan uslubga yaqin tarzda olib borgan.

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Biroq yangi hukumatni shakllantirishda arab partiyalari bilan hamkorlik masalasi muxolifat ichidagi asosiy kelishmovchilik bo‘lib qolmoqda.

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Tahdidlar sabab ayrim samolyotlar zaxira aeroportlariga qo‘nishga majbur bo‘ldi, boshqalari esa manziliga yetib borgach tekshirildi.