O'zbekiston

Zo‘ravonlik xavfi aniqlansa, bola vaqtincha oiladan ajratilishi mumkin - yangi tartibni joriy etildi

Tartib “Inson” markazlari va huquq-tartibot organlari orqali amalga oshiriladi.

Zo‘ravonlik xavfi aniqlansa, bola vaqtincha oiladan ajratilishi mumkin - yangi tartibni joriy etildi

O‘zbekiston Respublikasi hukumatining qaroriga muvofiq, bolalarga nisbatan zo‘ravonlik xavfini aniqlash, baholash va unga qarshi chora ko‘rish bo‘yicha huquqiy mexanizmlarni belgilovchi yangi nizom tasdiqlandi. Endilikda bola xavf ostida deb topilsa, zarur hollarda u vaqtincha oiladan ajratilishi mumkin.

 

Yangi tartibga ko‘ra, bola zo‘ravonlik qurboni bo‘lishi yoki shunday xavf mavjud bo‘lishi aniqlansa, bu haqda o‘zi yoki qonuniy vakili orqali “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga, ichki ishlar organlariga yoki boshqa vakolatli idoralarga murojaat qilishi mumkin.

 

Mazkur murojaat asosida “Inson” markazi ichki ishlar xodimlari ishtirokida bolaning hayotiy holatini bir kun ichida o‘rganadi va xavf darajasini dastlabki tahlildan o‘tkazadi. Agar xavf “yuqori” deb baholansa, quyidagi choralar ko‘riladi:

 

zo‘ravonlik sodir etgan shaxsga nisbatan protsessual majburlov choralarini qo‘llash;

 

bola yoki uning vakiliga himoya orderi berish;

 

bolaning xavfsizligini ta’minlash maqsadida uni vaqtincha oiladan ajratish.

 

Bola hayotiga tahdid soluvchi omillar bartaraf etilgach, “Inson” markazi 14 kun ichida bola holatini kompleks baholaydi va natijalar asosida 3 ish kuni davomida maxsus himoya rejasi ishlab chiqiladi.

 

Shuningdek, zo‘ravonlik sodir etgan yoki shunga moyillik bildirgan shaxslarga nisbatan quyidagicha huquqiy choralar qo‘llanishi mumkin:

 

majburiy tuzatish dasturlaridan o‘tkazish;

 

ota-onalik huquqini vaqtincha cheklash yoki bekor qilish;

 

narkologik muassasalarda majburiy davolanish;

 

boshqa majburiy tibbiy choralarni qo‘llash.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Zo‘ravonlik xavfi aniqlansa, bola vaqtincha oiladan ajratilishi mumkin - yangi tartibni joriy etildi | Zamon.uz