“Sea Breeze Uzbekistan” loyihasi yuzasidan hukumat qat’iy talablari belgilandi
Bosh prokuratura va Vazirlar Mahkamasi barcha qurilish va ekologik jarayonlarni nazorat qiladi.

So‘nggi oylarda jamoatchilik orasida keng muhokamalarga sabab bo‘lgan “Sea Breeze Uzbekistan” turistik loyihasi yuzasidan hukumat qarori qabul qilindi. Avvalroq ekologik faollar va fuqarolik jamiyati vakillari tomonidan bildirilgan xavotir va takliflar inobatga olinib, loyiha bo‘yicha investor zimmasiga qator qat’iy majburiyatlar yuklatildi.
Bu haqda Ekologiya vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayev xabar berdi.
Xususan, Toshkent shahrining ichimlik suvi manbai bo‘lgan Chorvoq suv ombori va Chirchiq daryosining ekologik xavfsizligini ta’minlash maqsadida quyidagi talablar belgilandi:
Loyihadan tabiiy suv havzalariga suv tushishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
Yopiq suv aylanish tizimi joriy etilib, barcha suv sarfi investorga tegishli zamonaviy texnologiyalar yordamida qayta ishlanishi shart;
Bu tizimni yaratish va ekspluatatsiya qilish xarajatlari to‘liq investor hisobidan amalga oshiriladi.
Qarorda shuningdek, agar ushbu ekologik qoidalar buzilsa, loyiha qurilishi to‘xtatilishi, investitsiya shartnomasi bekor qilinishi va yer maydoni qaytarib olinishi qat’iy belgilab qo‘yilgan.
Loyihani amalga oshirish jarayonida Bosh prokuratura barcha shaharsizlik va ekologik me’yorlarga rioya etilishi ustidan alohida nazoratni amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasi bilan birgalikda, loyiha boshlanishidan tortib, obyektlar foydalanishga topshirilguniga qadar har bir bosqichda qonuniylik va shaffoflikni ta’minlashga mas’ul bo‘ladi.







