O'zbekiston

Ixtiyoriymi yoki majburiy? Andijonda o‘qituvchilar maktabdagi taʼmirlash ishlariga jalb qilinganiga ikki xil munosabat bildirildi

Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi o‘qituvchilar ixtiyoriy ravishda “hashar” tashkillashtirganini aytdi, Bandlik vazirligi esa pedagoglar bu ishga majburlangan demoqda.

Ixtiyoriymi yoki majburiy? Andijonda o‘qituvchilar maktabdagi taʼmirlash ishlariga jalb qilinganiga ikki xil munosabat bildirildi

Avvalroq Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi 42-umumtaʼlim maktabida o‘qituvchilar taʼmirlash ishlariga jalb qilingani va bu bo‘yicha o‘rganish boshlangani xabar qilingandi.

 

Viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasining maʼlum qilishicha, Marhamat tumani “Yangi hayot” MFY o‘ramida joylashgan 42-umumtaʼlim maktabi 1982 yilda qurilib, 2005 yilda joriy taʼmirlangan. Maktab 2023 yil “Tashabbusli byudjet” loyihasi asosida 1 milliard 200 millionlik qiymatga ega eshik va romlar bilan taʼmirlangan. 2024 yilgi mavsumda 1 milliard 300 million so‘m mablag‘lar yutib olinib, sport maydoni qurilgan va maktabning old qismi zamonaviy ko‘rinishga keltirilgan.

 

Hozirda maktabda jami 1 ming 236 nafar o‘quvchilarga 74 nafar ustozlar taʼlim beradi.

 

“Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan videotasvirlardagi holat joriy yilning 2 avgust kuni sodir bo‘lib, unda bir guruh pedagoglar tomonidan hashar jarayonlari amalga oshirilayotganligi aks etgan.

 

Maktab jamoasi bilan suhbatda ular tomonidan ushbu hashar ixtiyoriy ravishda amalga oshirilgani taʼkidlansa-da, ustozlarni o‘z lavozim majburiyatidan tashqari ishlarni bajarish holatini nazoratga olmaganligi sababli maktab direktori Z.M. egallab turgan lavozimidan ozod etilganligini maʼlum qilamiz”, deyiladi rasmiy munosabatda.

 

Oradan biroz vaqt o‘tib, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ham shu holatga rasmiy munosabat bildirib, maktab direktoriga nisbatan jarima jazosi tayinlanganini maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, Marhamat tumanidagi 42-maktab o‘qituvchilari taʼmirlash ishlariga majburiy jalb qilingani holati bo‘yicha Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan joriy yil 4 avgust kuni o‘rganish o‘tkazilgan va holat tasdiqlangan.

 

Maktab direktori Z.Mamajonovaga Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 2-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida jarima qo‘llanilgan.

 

Hozirga qadar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan hech qanday munosabat bildirilmagan. Holat esa ijtimoiy tarmoqda muhokamalar markazida bo‘lib turibdi.

 

“Marhamatdagi 42-maktabga taʼmirlash uchun mablag‘ ajratilganmidi? Qancha ajratilgandi? Nega maktab oxirgi 2 yilda faqat Tashabbusli byudjetga elanib eshigini, romini, fasadini va boshqa kamini tuzatadi? Yangi vazir bu holatni o‘z ko‘zi bilan borib ko‘rdimi? Yoki viloyatdagi xodimlarning gapi bilan kifoya qildimi?”, deya post yozib qoldirgan Otabek Bakirov o‘z sahifasida.

 

“Agar o‘qituvchilar bilan “ixtiyoriy-majburiy hashar” qilmaganida o‘sha direktor baribir ishdan bo‘shatilardi. Nima uchun deysizmi? Maktabi yangi o‘quv yiliga tayyormasligi, remont qilinmagani uchun.

 

Bu yo‘l faqat o‘lim yo‘li, tirik qolish omadga bog‘liq xolos. Video tarqalmaganda, tirik qolardi. Chunki videosi tarqalmagan, lekin hokim pul ajratmagani uchun o‘qituvchilarning o‘zi ishlayotgan maktablar juda ko‘p...”, deb yozadi Xushnudbek Xudoyberdiyev.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Ixtiyoriymi yoki majburiy? Andijonda o‘qituvchilar maktabdagi taʼmirlash ishlariga jalb qilinganiga ikki xil munosabat bildirildi | Zamon.uz