O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatidagi islohotlar samaradorligi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Oxirgi 8 yilda viloyatda 8 mlrd dollarlik 7 mingdan ortiq loyiha amalga oshirilib, 73 mingta ish o‘rni yaratilgan.

Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatidagi islohotlar samaradorligi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-avgust kuni Navoiy viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi va istiqboldagi rejalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

 

Viloyatdagi so‘nggi sakkiz yillik taraqqiyot doirasida 8 milliard dollarlik 7 mingdan ortiq loyiha amalga oshirilib, 73 mingta ish o‘rni yaratilgani, tadbirkorlar soni 10 mingdan 30 minggacha oshgani qayd etildi.

 

Prezidentning 2024-yil 12-dekabrdagi qarori asosida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan qo‘shimcha choralar natijasida bu yilning olti oyida 643 million dollarlik investitsiya, 635 million dollardan ortiq eksport ko‘rsatkichlari qayd etildi.

 

Yig‘ilishda foydalanilmayotgan manbalar – yirik yaylovlar, tabiiy boyliklar, chorvachilik va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi salohiyat alohida ta’kidlandi.

 

Jumladan, 8 ta kon bo‘yicha 566 million dollar sarmoya kiritilishi rejalashtirilgan, bu sanoat hajmini 2,5 trillion so‘mga, eksportni esa 100 million dollarga oshiradi. Shuningdek, Nurota tumanida 50 gektar yerda sanoat zonasi tashkil etish, 28 ta mahallada kashtaçilik markazlari ochish, ehtiyojmand oilalarni quyosh panellari bilan ta’minlash kabi loyihalar ilgari surildi.

 

Ayni paytda 1 milliard 600 million dollarlik qo‘shimcha loyihalar shakllantirilib, ular orqali 10 ming ish o‘rni, 1 trillion so‘mlik byudjet tushumi va 238 million dollarlik eksport imkoniyati yuzaga kelishi kutilmoqda.

 

Prezident loyiha samaradorligini oshirish, yirik va kichik korxonalar o‘rtasida kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish, yaylovlardan oqilona foydalanish va xizmatlar sohasini kengaytirish bo‘yicha vazifalar belgiladi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanishi mumkin: 11-noyabr kuni ko‘rsatkich “yashil” darajada bo‘ladi

Toshkentda havo sifati yaxshilanishi mumkin: 11-noyabr kuni ko‘rsatkich “yashil” darajada bo‘ladi

Yomg‘ir havodagi PM zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam beradi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Antaliyaga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Antaliyaga bordi

11-noyabr kuni davlat rahbari BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining yalpi sessiyasida ishtirok etadi.

Noqulay ob-havo va tirbandliklar: Poytaxt yo‘llarida xavfsizlik nazorati kuchaytirildi

Noqulay ob-havo va tirbandliklar: Poytaxt yo‘llarida xavfsizlik nazorati kuchaytirildi

Haydovchilardan ehtiyotkorlikni oshirish va yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish so‘raldi.

Elektr uskunalar ishlab chiqarish hajmi oshdi: 9 oyda 22,6 trln so‘mlik mahsulot tayyorlandi

Elektr uskunalar ishlab chiqarish hajmi oshdi: 9 oyda 22,6 trln so‘mlik mahsulot tayyorlandi

Yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan elektr uskunalarning qariyb yarmi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keldi.

Avtobusda nomaqbul musiqa qo‘yildi: haydovchilarga tushuntirish berilmoqda

Avtobusda nomaqbul musiqa qo‘yildi: haydovchilarga tushuntirish berilmoqda

“Toshshahartransxizmat” avtobusdagi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Taqiqlovchi signalga qaramadi: Surxondaryoda Spark poyezd bilan to‘qnashdi

Taqiqlovchi signalga qaramadi: Surxondaryoda Spark poyezd bilan to‘qnashdi

Haydovchisi taqiqlovchi svetofor signaliga qaramay, temir yo‘l kesishmasidan o‘tishga uringan.

Uy qurilishi tugamaguncha pul quruvchiga berilmaydi: eskrou tizimi joriy etilishi mumkin

Uy qurilishi tugamaguncha pul quruvchiga berilmaydi: eskrou tizimi joriy etilishi mumkin

Ulushli qurilishda fuqarolar mablag‘larini eskrou hisobvaraqlarida saqlashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi Senatga yuborildi.

5 kg dan ortiq “opiy” savdosi to‘xtatildi: ikki nafar fuqaro qo‘lga olindi

5 kg dan ortiq “opiy” savdosi to‘xtatildi: ikki nafar fuqaro qo‘lga olindi

Narkotik vositalar ularga Afg‘onistondagi narkokuryerlar tomonidan yetkazib berilgan.