Sport

Parij Olimpiadasida gender mojarosi bilan tanilgan Iman Helif sportdan ketdimi?

Sportchi menejerining ma’lum qilishicha, Helif boks bilan shug‘ullanishni to‘xtatib, Fransiyaning Nitsa shahridagi klubini ham tark etgan.

Parij Olimpiadasida gender mojarosi bilan tanilgan Iman Helif sportdan ketdimi?

Parij-2024 Olimpiadasida gender mojarosi bilan tanilgan Jazoir bokschisi Iman Helif sportni tark etgani haqidagi xabarlar sport olamida katta rezonans keltirib chiqardi. Sobiq menejerining ma’lum qilishicha, Helif boks bilan shug‘ullanishni to‘xtatib, Fransiyaning Nitsa shahridagi klubini ham tark etgan. Klub unga professional shartnoma taklif qilmagani bildirilmoqda. Bu haqda Reuters nashri xabar berdi.

 

Biroq sportchining o‘zi bu xabarlarni rad etdi. U Facebook sahifasida sobiq menejerining bayonotlarini “haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan” va “ishonchni suiiste’mol qilgan” so‘zlar sifatida baholab, sportni tark etish niyati yo‘qligini ta’kidladi.

 

Shu bilan birga, gender masalalari atrofidagi bahslar davom etmoqda. Jahon boks federatsiyasi (World Boxing) joriy yil sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati oldidan barcha ayol bokschilar uchun majburiy gender testini joriy etganini e’lon qildi. Taiwanlik Lin Yu-ting esa testlar joriy etilishiga qaramay, musobaqada qatnashish rejasidan voz kechmaganini ma’lum qildi.

 

Jahon chempionati 4–14 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu musobaqa World Boxing tomonidan tashkil etiladigan birinchi yirik turnir bo‘lib, Parij-2024 Olimpiadasidan keyin ham gender masalasi atrofidagi tortishuvlar davom etmoqda.

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

46 yoshli futbolchi Italiyaning “Ravenna” klubi safida “Forli”ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

Mezbonlar ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi.

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

The Times ma’lumotiga ko‘ra, musobaqani kengaytirish taklifi UEFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi qarshiligiga uchragan.

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Uning fikricha, klubdagi murabbiylik faoliyatining o‘ziga xos afzalligi bor.

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Bunga mintaqadagi vaziyat, logistika qiyinchiliklari va transportdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatdi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.