Jahon

Xitoy 2027 yilgacha “sunʼiy quyosh”ni ishga tushirmoqchi

Agar loyiha amalga oshsa, bu energetika sohasida jahon miqyosida katta o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin.

Xitoy 2027 yilgacha “sunʼiy quyosh”ni ishga tushirmoqchi

Xitoy olimlari yadro sintezi asosida ishlaydigan va “sunʼiy quyosh” nomi bilan tanilgan energiya loyihasini 2027 yilgacha ishga tushirishni maqsad qilmoqda. Ushbu loyiha — Burning Plasma Experimental Superconducting Tokamak (BEST) — mamlakatning uzoq yillardan beri olib borilayotgan yadro sintezi bo‘yicha tadqiqotlarining keyingi bosqichi hisoblanadi.

 

Maʼlum qilinishicha, loyiha orqali Quyoshning ichki qatlamlarda amalga oshadigan tabiiy energiya jarayonini yer sharoitida takrorlash ko‘zda tutilgan. Bu jarayon, nazariy jihatdan, cheksiz va toza energiya olish imkonini beradi. 2025 yilda Xitoyning Xefey shahridagi Experimental Advanced Superconducting Tokamak (EAST) qurilmasi 1000 sekunddan ortiq vaqt davomida plazmani yuqori haroratda barqaror ushlab turishga erishgan. Mutaxassislar buni muhim ilmiy yutuq sifatida baholagan.

 

Shunga qaramay, ekspertlar yadro sintezini amaliy energiya manbaiga aylantirish hali erta ekanini qayd etmoqda. Chunki hozircha bu texnologiya o‘zidan sarflanganidan ko‘proq energiya ishlab chiqarishni taʼminlay oladigan darajaga yetmagan. Jarayonning barqarorligi, materiallarning chidamliligi va amaliy sanoat qo‘llanmasiga moslashtirish kabi muammolar hamon dolzarbligicha qolmoqda.

 

Agar Xitoy 2027 yilga mo‘ljallangan rejani muvaffaqiyatli amalga oshira olsa, bu energetika sohasida jahon miqyosida katta o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin.

AQShdagi oraliq saylovning bozorlarga ta’siri: dollar kursi bir oy ichidagi eng past darajaga tushdi

AQShdagi oraliq saylovning bozorlarga ta’siri: dollar kursi bir oy ichidagi eng past darajaga tushdi

Neft narxi va davlat obligatsiyalari daromadliligi pasaydi, jahon fond bozorlaridagi aksiyalar qiymati esa oshdi.

“Amerikaning yengilmasligi haqidagi afsona yo‘qoldi” — Xomanaiy

“Amerikaning yengilmasligi haqidagi afsona yo‘qoldi” — Xomanaiy

Eron oliy rahbari AQSh saylovlaridan keyin ham Vashingtonning Eronga nisbatan siyosati o‘zgarmasligini aytdi.

Shveytsariya sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi: Alisher Usmonov undan chiqarildi

Shveytsariya sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi: Alisher Usmonov undan chiqarildi

Rossiyaga qarshi cheklovlar ro‘yxatiga yana 254 ta shaxs va tashkilot qo‘shildi.

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

2025-yilda mamalakatda 129 million banka, 2026-yilning birinchi yarmida esa qariyb 85,9 million banka energetik ichimlik iste’mol qilingan.

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Unga ko‘ra, quruvchilar nolinchi sikl tugamaguncha uy-joylarni sotishi, ulushli ishtirok shartnomalarini tuzishi va loyihalarni reklama qilishi mumkin emas.

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Shu bilan birga, Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga bergan zarbalari bir nechta hududda elektr va suv ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘ldi.

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bungacha eng ko‘p qizil kartochkalar soni 36 ta bo‘lgan.

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

Kompaniya ayrim buyurtmalarni bekor qiladi, qolganlarini esa boshqa omborlardan yetkazib beradi.