O'zbekiston

Toshkent viloyatida o‘quvchilarni kitob bilan urgan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi

Voqeaga o‘z vaqtida chora ko‘rilmagani uchun direktor o‘rinbosari ham jazolandi.

Toshkent viloyatida o‘quvchilarni kitob bilan urgan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi

Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumanidagi 11-sonli umumta’lim maktabida may oyida sodir bo‘lgan voqea yuzasidan batafsil tekshiruv olib borildi. Ma’lum bo‘lishicha, jismoniy tarbiya o‘qituvchisi tomonidan 9-sinf o‘quvchilariga nisbatan pedagogik axloq normalariga zid harakatlar qo‘llangan.

 

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan tuzilgan maxsus komissiya o‘qituvchining o‘quvchilarni jismoniy jazo qo‘llashi, ularning qadr-qimmatini kamsitishi va noqonuniy usullar qo‘llaganligini aniqladi.

 

Tegishli ma'sullar javobgarligini aniqlash uchun o‘tkazilgan ichki tekshiruv davomida ma’naviy-axloqiy tarbiya mas’uli bo‘lgan direktor o‘rinbosari tomonidan voqea yuzasidan o‘z vaqtida chora ko‘rilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

 

Natijada quyidagi choralar qo‘llanildi: jismoniy tarbiya o‘qituvchisi ishdan bo‘shatildi, maktab direktori o‘rinbosari intizomiy jazoga tortildi.

 

Huquq-tartibot idoralari tomonidan voqea yuzasidan tergov davom ettirilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkent viloyatida o‘quvchilarni kitob bilan urgan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi | Zamon.uz