O'zbekiston

Sog‘liqni saqlash tizimida “sirli mijoz” mexanizmi joriy qilinadi

Monitoring orqali xodimlarning qonunchilikka amal qilishi, xizmat ko‘rsatish sifati va bemorlar bilan muloqot madaniyati o'rganiladi.

Sog‘liqni saqlash tizimida “sirli mijoz” mexanizmi joriy qilinadi

 

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish, xizmatlar sifati va tibbiy muassasalarda qonunchilik talablariga rioya etilishini baholash maqsadida “sirli mijoz” instituti faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Mazkur mexanizm joriy etilishi Sog‘liqni saqlash vazirining joriy yilning 4-noyabrdagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi.

 

Unga ko‘ra, “sirli mijoz” metodi orqali vazirlik markaziy apparati hamda zaruratga ko‘ra uning hududiy organlari va muassasalari faoliyati monitoring qilinadi. Tahlil jarayonida qonunbuzilish holatlarini sun’iy ravishda keltirib chiqaruvchi har qanday usuldan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi.

 

Tibbiy xizmat ko‘rsatishda ma’muriy talablar va qonunchilikka amal qilinishi baholanadi. Xodimlarning kasbiy mahorati, murojaatlarga javob berish tezligi hamda bemorlar bilan muloqot madaniyati o‘rganiladi.

 

“Sirli mijoz” real bemor ko‘rinishida ma’lumot to‘playdi. Monitoring nafaqat muassasaga tashrif buyurgan holda, balki telefon qo‘ng‘iroqlari, elektron murojaatlar va boshqa aloqa vositalari orqali ham amalga oshirilishi mumkin.

 

Tekshiruv yakunlari belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi va yakuniy ma’lumotlar besh ish kuni ichida Odob-axloq komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

 

Agar xodimning xatti-harakatida qonunbuzarlik alomatlari aniqlansa, unga nisbatan intizomiy choralar qo‘llanadi. Jinoiy belgi mavjud bo‘lgan holatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.

custom img

Navoiyda Damas’da 17 nafar bog‘cha bolasi tashigan haydovchi jazolandi

Holat yuzasidan unga nisbatan ma’muriy chora qo‘llanildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklar uchun minnatdorlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklarni Yangi O‘zbekistonning xalqaro nufuzi va xalqqa bildirilgan hurmat ifodasi deb baholadi.

custom img

Jizzax shahrining bosh rejasiga o‘zgartirish kiritildi

Hujjatga ko‘ra, kelgusi yillarda shahar hududi qariyb ikki baravar kengaytiriladi, transport, uy-joy va muhandislik infratuzilmasi tubdan modernizatsiya qilinadi.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi uchta hujjatli film xalqaro telekanallarda namoyish etildi

24-iyul kuni Rossiya 24, Rossiya Kultura va Euronews telekanallarida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining yaratilish tarixiga bag‘ishlangan uchta hujjatli film ilk bor efirga uzatildi. Filmlarda markazning tashkil etilishi, xalqaro ahamiyati va uning amalga oshirilish bosqichlari yoritilgan.

custom img

Saida Mirziyoyeva sudyalar va sud tizimi xodimlarini tabrikladi

Saida Mirziyoyeva 25-iyul — Xalqaro sudyalar va sud tizimi xodimlari farovonligi kuni munosabati bilan tabrik yo‘llab, sudyalar farovonligi adolatli va odil sudlovning muhim sharti ekanini ta’kidladi.

custom img

Boysundagi texnogen avariyani bartaraf etishga Xitoy mutaxassislari jalb qilinadi

Tomonlar qutqaruv-burg‘ilash ishlarini tez fursatda boshlash hamda zarur texnika va mutaxassislarni obyektga yetkazishga kelishib oldi.

custom img

Qashqadaryoda erkak o‘lgan itni Damas'ga bog‘lab sudradi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Toshkentda mast ayol yo‘lning qatnov qismiga yotib oldi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"