O'zbekiston

Rossiyada bir oy avval o‘ldirilgan o‘zbekistonlik migrantning jasadi bugun qaytarilmoqda

U 2025-yilning dekabr oyida OMON xodimlari tomonidan kuch ishlatilishi oqibatida vafot etgani xabar qilingandi.

Rossiyada bir oy avval o‘ldirilgan o‘zbekistonlik migrantning jasadi bugun qaytarilmoqda

Avvalroq Rossiyada Samarqanddan bo‘lgan mehnat muhojiri kuchishlatar tizim xodimlari tomonidan amalga oshirilgan qiynoq oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Voqea 2025 -ilning 12-dekabr kunida yuz bergan bo‘lsada, bu haqida xabarlar yanvar boshida sizdirilgandi. Bundan anglashiladiki, migrantning jasadi Rossiyada salkam bir oy davomida qolib ketgan.

 

Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burxonovning Zamon.uz'ga maʼlum qilishicha, marhumning jasadi hamon Rossiya Federatsiyasida saqlanmoqda. Bugun, 11-yanvar kuni u O‘zbekistonga yuboriladi. 

 

“Yakshanba kuni mayyit O‘zbekistonga yuboriladi. Dushanba kuni O‘zbekiston vakillari samarqandlik fuqaroning vafoti bo‘yicha Xabarovsk rasmiylari bilan uchrashadi”, deydi Burxonov

 

Qo‘shimcha qilinishicha, jasadni vatanga qaytarilishi bilan bog‘liq xarajatlar uchun maxsus fond tashkil qilingan. Agar marhumning yaqinlari xarajatlarni to‘lash bo‘yicha qiyinchilikka duch kelsa, bu davlat tarafidan qoplanadi.

 

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning 12 dekabr kuni Rossiyaning Xabarovsk shahrida OMON xodimlari kafelardan biriga bostirib kirib, u yerda bo‘lgan o‘zbekistonlik fuqarolarga nisbatan kuch ishlatgan. Oqibatda ikki nafar fuqaro og‘ir tan jarohatlari olib, koma holatiga tushgan, ulardan biri, bir  necha kun o‘tib vafot etgan. Ikkinchi jabrlanuvchi haqidagi maʼlumotlar esa rasman tasdiqlanmagan.

 

 

custom img

Sardor Umurzoqov yangi lavozimga tayinlandi

Prezident farmonlari bilan Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tizimida kadrlar o‘zgarishi amalga oshirildi.

custom img

O‘zbekistonda 3 mingga yaqin manfaatlar to‘qnashuvi holati aniqlandi

Davlat idoralarida manfaatlar to‘qnashuviga oid 831 ta qonunbuzarlik holati aniqlanib, yuzlab xodimlarga nisbatan tartibga solish choralari ko‘rildi.

custom img

Dilnozaxon Kattaxonova Bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlandi

Mazkur lavozimda faoliyat yuritib kelgan Zulayho Mahkamova egallab turgan vazifasidan ozod etildi.

custom img

Surxondaryo va Farg‘onada noqonuniy diniy ta’lim berganlar aniqlandi

Umumiy 27 nafar voyaga yetmagan bolalarga tegishli ruxsatnomalarsiz diniy ta’lim berib kelingan.

custom img

Saida Mirziyoyeva Fransiyaning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi

Ushbu muzokaralar yaqinda Prezident Emmanuel Makron bilan bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muloqotning uzviy va mantiqiy davomi ekani ta’kidlandi.

custom img

O‘zbekistonda mehnat nizolarini ko‘ruvchi ixtisoslashgan sudyalar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

2026-yil 1-avgustdan keyin sudlarga kelib tushadigan mehnat nizolariga oid arizalar ixtisoslashgan sudyalar o‘rtasida taqsimlanadi.

custom img

Toshkent metrosida poyezdlar harakatida uzilish kuzatildi

“Paxtakor” bekatida odam haddan tashqari ko‘payib ketganidan havo isib, yo'lovchilardan ayrimlarining mazasi qochgan.

custom img

Tergov izolyatorida vafot etgan tadbirkor firibgarlik ayblovi bo‘yicha oqlandi

Tadbirkor To‘dako‘l ko‘lining ijarasi va u yerdagi baliq zaxirasiga oid mojaro yuzasidan firibgarlikda ayblangandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"