Jahon

Tramp Eron bilan savdo qiluvchi davlatlarga 25 foiz boj joriy etdi

Eronning asosiy savdo hamkorlari qatoriga Hindiston, Xitoy va Turkiya kiradi.

Tramp Eron bilan savdo qiluvchi davlatlarga 25 foiz boj joriy etdi

 

Donald Tramp Eron bilan savdo aloqalarini davom ettirayotgan barcha davlatlarga nisbatan qat’iy savdo choralarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Eron bilan biznes yuritayotgan har qanday mamlakat Qo‘shma Shtatlar bilan amalga oshiriladigan barcha savdo operatsiyalarida 25 foizlik tarif to‘lashga majbur bo‘ladi.

 

Prezident bu haqda TruthSocial ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, mazkur qaror darhol kuchga kiradi hamda u bo‘yicha hech qanday istisnolar yoki apellyatsiya mexanizmlari nazarda tutilmagan.

 

Bloomberg agentligi ma’lumotiga ko‘ra, Eronning asosiy savdo hamkorlari qatoriga Hindiston, Xitoy va Turkiya kiradi. Mazkur davlatlar yangi tariflar tufayli AQSh bilan savdo munosabatlarida sezilarli iqtisodiy bosimga duch kelishi mumkin.

 

Yangi savdo choralariga keskin siyosiy ritorika hamrohlik qilmoqda. Avvalroq Donald Tramp Oq uy va AQSh harbiy doiralari Erondagi norozilik namoyishchilarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha turli ssenariylarni tahlil qilayotganini bildirgan edi. U, shuningdek, Eron muxolifati vakillari bilan aloqada ekanini ham ta’kidlagan.

 

Prezident matbuot kotibi Kerolin Livittning ma’lum qilishicha, Tramp ma’muriyati Erondagi norozilik namoyishlarining zo‘ravonlik bilan bostirilishi fonida barcha ehtimoliy choralarni ko‘rib chiqmoqda. Shu bilan birga, u diplomatiya AQSh prezidentining ustuvor va birinchi tanlovi bo‘lib qolayotganini qayd etdi.

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Shuningdek, Ukraina AQShdan Patriot raketalarini bir oy muddatga yetkazib berishni so'ragan va buning uchun toʻlov qilishga tayyorligini bildirgan.

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Mamlakatga avtomobil olib kirishda uning ishlab chiqarilgan sanasi va ekologik toifasi hisobga olinadi.

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

Aroqchining aytishicha, natija Amerika tomonining javoblariga bog‘liq.

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Tramp hozircha muzokaralarga imkoniyat berishga moyil ekanini bildirgan.

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Mamlakatga borishni rejalashtirgan chet elliklar 2027-yil 1-iyuldan elektron kirish ruxsatnomasini olishi kerak bo‘ladi.

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida to‘rt yoshli bola ham bor. Hujumlar G‘azoning janubidagi Xon Yunis va shimolidagi G‘azo shahrida sodir etilgan.

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Ukraina Telegram kanallari hujum nishoni «Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez» neftni qayta ishlash zavodi bo‘lganini va u yerda yong‘in chiqqanini xabar qilmoqda.

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Bu xavfsizlikka tahdidlar kuchaygani haqidagi ogohlantirishlar fonida amalga oshirilgan.