O'zbekiston

Rossiyaning O‘zbekistonga gaz eksporti 30 foizga oshdi

Rossiya “Sibir kuchi” gaz quvuri orqali Xitoyga 39 mlrd kubometr, O‘zbekistonga esa 7 mlrd kubometrdan ortiq gaz eksport qildi.

Rossiyaning O‘zbekistonga gaz eksporti 30 foizga oshdi

 

Xalqaro energetika agentligi (XEA)ning gaz bozori bo‘yicha hisobotiga ko‘ra, Rossiya 2025-yilda quvur orqali tabiiy gaz eksportini oshdi. Xususan, Xitoyga yetkazib beriladigan gaz hajmi 25 foizga, O‘zbekistonga esa 30 foizga ko‘paydi. Bu haqda TASS xabar berdi.

 

Hisobotda qayd etilishicha, Rossiyaning Xitoyga “Sibir kuchi” gaz quvuri orqali eksporti qariyb 8 milliard kubometrga oshib, 2025-yilda 39 milliard kubometrga yetgan. Shuningdek, “Markaziy Osiyo – Markaz” gaz quvuri tizimi orqali Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga yetkazib beriladigan gaz hajmi 30 foizga ko‘payib, 7 milliard kubometrdan oshgan.

 

Avvalroq “Gazprom” 2025-yilda birinchi marta Xitoyga Yevropaga nisbatan ko‘proq gaz yetkazib berganini ma’lum qilgan edi. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, Xitoyga 38,8 milliard kubometr gaz eksport qilingan. Bundan tashqari, Rossiya Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘izistonga gaz yetkazib berishni 22,2 foizga, Gruziyaga esa 40,4 foizga oshirgan.

 

Ma’lumot uchun, “Sibir kuchi” Rossiyaning sharqidagi eng yirik gaz transport tizimi bo‘lib, uning yillik eksport quvvati 38 milliard kubometrni tashkil etadi. Ushbu quvur orqali Xitoyga gaz yetkazib berish 2019-yil dekabr oyida “Gazprom” va CNPC o‘rtasida 2014-yilda imzolangan 30 yillik shartnoma asosida boshlangan. Shartnoma doirasida umumiy yetkazib berish hajmi 1 trillion kubometrdan oshishi, qiymati esa qariyb 400 milliard dollarga yetishi kutilmoqda.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"