O'zbekiston

Xorazmda xususiy bog‘cha vafot etgan bolalar orqali 161 mln so‘m o‘zlashtirdi

Bog‘cha rahbarlari vafot etgan va bog‘chaga qatnamaydigan bolalarni ro‘yxatga kiritib, davlat subsidiyalarini o'zlashtirgan.

Xorazmda xususiy bog‘cha vafot etgan bolalar orqali 161 mln so‘m o‘zlashtirdi

 

Xorazm viloyatida nоdavlat maktabgacha ta’lim muassasasi rahbarlari tomonidan davlat subsidiyalarini noqonuniy o‘zlashtirish holati aniqlanib, aybdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

 

Sud hujjatlarida qayd etilishicha, 1965-yilda tug‘ilgan Z.Y. Shovot tumanida faoliyat yuritgan nоdavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari bo‘lib ishlagan. U 2019-yil 6-may kuni Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan davlat-xususiy sheriklik asosida bitim tuzgan.

 

Z.Y. 2023-yilda 12 nafar, 2024-yilda 19 nafar hamda 2025-yilda 12 nafar, amalda ushbu bog‘chaga qatnamagan bolalarni tarbiyalanuvchi sifatida rasmiylashtirgan. Shuningdek, u 2 nafar vafot etgan bolani ham ro‘yxatga kiritib, maxsus onlayn platformaga soxta ma’lumotlar yuklagan. Natijada davlat budjetidan 70 million so‘m subsidiya ajratilishiga erishib, ushbu mablag‘larni shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflagan.

 

Bundan tashqari, Z.Y. 2021-yil 14-fevral kuni turmush o‘rtog‘i R.A. nomiga Shovot tumanida oilaviy bog‘cha tashkil qilgan. 2022-yil 30-avgustda esa Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan yana bir davlat-xususiy sheriklik bitimi tuzilgan. Sud materiallariga ko‘ra, er-xotin 2023-yilda 15 nafar, 2024-yilda 38 nafar hamda 2 nafar vafot etgan bolani haqiqatda bog‘chaga qatnamagan bo‘lsa-da, tarbiyalanuvchi sifatida ko‘rsatgan. Shu yo‘l bilan 91 million so‘m subsidiya mablag‘lari talon-toroj qilingan.

 

Sud jarayonida ayblanuvchilar ayblarga qisman iqror bo‘lgan. Ularning aybi guvohlarning ko‘rsatmalari, mutaxassislar xulosalari va boshqa dalillar bilan tasdiqlangan. Jumladan, sudda so‘roq qilingan ota-onalar farzandlari mazkur bog‘chalarga qatnamaganini, hatto ushbu muassasalar qayerda joylashganidan ham bexabar bo‘lganini bildirgan.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Gurlan tuman sudi hukmiga ko‘ra, Z.Y. va R.A. o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, shuningdek, hujjatlarni qalbakilashtirish jinoyatlarida aybli deb topilgan. Ularga 2 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi, shuningdek, 1 yil davomida davlat ishtirokidagi tashkilotlarda mansabdor va moddiy javobgar lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum etish jazosi tayinlangan.

 

Bundan tashqari, yetkazilgan moddiy zararni qoplash maqsadida er-xotindan davlat foydasiga solidar tartibda jami 161 million so‘m undirilishi belgilangan. Xorazm viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining 2026-yil 20-yanvardagi ajrimi bilan ushbu hukm o‘zgarishsiz qoldirilgan.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"