O'zbekiston

“O‘zbek–qirg‘iz” davlat chegarasini buzib, noqonuniy dori olib kirgan shaxs qo‘lga olindi

Dorilarning umumiy qiymati 1 milliard 320 million so‘mni tashkil etadi.

“O‘zbek–qirg‘iz” davlat chegarasini buzib, noqonuniy dori olib kirgan shaxs qo‘lga olindi

 

Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari hamda Ichki ishlar organlari hamkorligida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi qaratilgan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda DXX Zamon.uzga xabar berdi.

 

Tadbir davomida “o‘zbek–qirg‘iz” davlat chegarasining Farg‘ona viloyati Rishton tumani hududidad o‘tuvchi qismini buzib, qo‘shni davlatdan kirib kelgan Uchko‘prik tumanida yashovchi, 1983-yilda tug‘ilgan shaxs qo‘lga olindi.

 

Xolislar ishtirokida o‘tkazilgan tekshiruvda ushbu shaxsning yonidan umumiy qiymati 1 milliard 320 million so‘mni tashkil etuvchi 9 542 dona “Zardeks” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari aniqlanib, belgilangan tartibda rasmiylashtirilib olindi.

 

Ma’lum qilinishicha, “Zardeks” dori vositasi tarkibida mavjud bo‘lgan “Pregabalin” moddasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentabrdagi 818-son qaroriga muvofiq, kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, uning erkin muomalasi cheklangan.

 

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 223-moddasi 1-qismi, 246-moddasi 1-qismi hamda 251¹-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

 

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Toshkentda o‘z joniga qasd qilishga uringan yigit qutqarib qolindi

Uchtepa tumanida patrul-post xizmati xodimi va IIV Akademiyasi kursanti Bo‘zsuv kanaliga tushib ketgan yigitni suvdan olib chiqdi.

custom img

Farg‘onada Turkiya qalbaki pasporti va “prava"sini tayyorlagan jinoiy guruh ushlandi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Robaxon Mahmudova raisligida Oliy sud Plenumi majlisi bo‘lib o‘tdi

Majlisda sud amaliyotini yanada takomillashtirishga qaratilgan Plenum qarorlari qabul qilindi.

custom img

Samarqand–Urgut temiryo‘l tarmog‘i o‘tkazilgan damba o‘pirilib tushdi

“O‘zbekiston temir yo‘llari”ga ko‘ra, hodisaga Zarafshon daryosida suv oqimining keskin oshgani sabab bo‘lgan.

custom img

Toshkent viloyati bojxonasida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi

Bojxona tizimida yuqori natija ko'rsatgan bir guruh yosh xodimlar rag'batlantirildi.

custom img

O‘zbekistonliklarning aksariyati qayerda yashaydi? Dastlabki ro‘yxatga olish natijalari e’lon qilindi

Xususiy uylar O‘zbekistonda eng keng tarqalgan yashash turi bo‘lib qolmoqda.

custom img

Pedagog ayollar uchun voleybol musobaqasi: g‘olib jamoalarga “Damas” va millionlab mukofotlar

Pedagog ayollar o‘rtasidagi ilk respublika voleybol musobaqasi final bosqichi Namangan shahrida davom etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda 4–6-iyul kunlari sel va suv toshqini xavfi e’lon qilindi

Yomg‘irlar sabab suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"