Jahon

Hindistonda Nipah virusidan 2-o‘lim qayd etildi

U 25 yoshli hamshira bo'lib, virusni yanvar oyida o'zi ishlagan kasalxonadan yuqtirgan.

Hindistonda Nipah virusidan 2-o‘lim qayd etildi

 

Hindistonda Nipah virusi bilan bog‘liq ikkinchi o‘lim holati qayd etildi. Bu haqda NDTV xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 25 yoshli hamshira joriy yil yanvar oyida o‘zi faoliyat yuritgan tibbiyot muassasasida davolanayotgan bemordan virusni yuqtirgan. Bemor uzoq vaqt og‘ir ahvolda bo‘lib, komaga tushgan.

 

Keyinchalik uning ahvoli nisbatan yaxshilangani qayd etilgan bo‘lsa-da, uzoq davom etgan og‘ir kasallik oqibatida immunitet tizimi zaiflashgan. Shundan so‘ng o‘pka infeksiyasi rivojlanib, sog‘lig‘i keskin yomonlashgan.

 

Xabarlarga ko‘ra, bemor hushiga kelishga harakat qilgan, biroq keyinchalik yurak faoliyati to‘xtashi natijasida vafot etgan. Shuningdek, ushbu kasallik bilan bog‘liq holda yana ikki nafar tibbiyot xodimida virus aniqlangani, ulardan biri sog‘ayib ketgani ma’lum qilingan.

 

Eslatib o'tamiz, avvalroq, Bangladesh shimolida Nipah virusi bilan kasallangan ayol vafot etgani ma'lum qilingan edi.

custom img

Qirg‘iziston kosmosga chiqdi: mamlakatning ilk milliy sun’iy yo‘ldoshi uchirildi

Qirg‘iziston va BAA hamkorligida yaratilgan sun’iy yo‘ldosh ilk bor orbitaga chiqarildi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"