O'zbekiston

Namanganda bolalarni olib ketayotgan mashina YTHga uchrashi oqibatida bir bola halok bo’ldi

Hodisa kunduzgi parvarish markazi tarbiyalanuvchilarini markazga olib ketayotgan transport vositasida 6 nafar bola bo‘lgan vaqtda yuz bergan.

Namanganda bolalarni olib ketayotgan mashina YTHga uchrashi oqibatida bir bola halok bo’ldi

 

 

Joriy yilning 18-fevral kuni soat taxminan 08:30 larda Norin tumanida joylashgan “Umid chirog‘i” kunduzgi parvarish xizmati tarbiyalanuvchilarini markazga olib ketish jarayonida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Ijtimoiy himoya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa vaqtida transport vositasida 6 nafar tarbiyalanuvchi bo‘lgan. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida tarbiyalanuvchilardan biri — 2015-yilda tug‘ilgan Sh.X. og‘ir tan jarohatlari sabab vafot etgan.

 

Qolgan 5 nafar bolaga Norin tuman tibbiyot birlashmasida zarur birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirgi vaqtda ularning umumiy ahvoli shifokorlar tomonidan qoniqarli deb baholanmoqda.

 

Mazkur holat yuzasidan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan belgilangan tartibda tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

custom img

Yangi Toshkentda “Ozarbayjon” bog‘i barpo etiladi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev bo‘lajak bog‘ hududida ramziy kapsulani joylashtirib, loyihani amalga oshirishga start berdi.

custom img

Yangi Toshkent loyihasi Ozarbayjon Prezidentiga taqdimot qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasiga tashrif buyurdi.

custom img

O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari OAV vakillari bilan uchrashdi

Ikki mamlakat yetakchilari muzokaralar yakunlari yuzasidan fikr bildirdi. Ikki davlat o‘rtasida Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolangani tarixiy tashrifning eng muhim natijasi sifatida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston noyob Qur’on yaratish bo‘yicha jahon xattotlari tanlovini e’lon qiladi

Tanlov “Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar” xalqaro mediaforumi doirasida o‘tkaziladi.

custom img

Ozarbayjon Prezidenti Ko‘ksaroyda tantanali kutib olindi

Suratga tushilgandan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

custom img

Ozarbayjon Prezidenti rafiqasi bilan Toshkentga keldi

Tashrif doirasida O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlari oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazib, Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.

custom img

OTMlarda qolgan bo‘sh o‘rinlar ro‘yxati e’lon qilindi

Ushbu o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlovga ro‘yxatdan o‘tish 22-avgustdan boshlangan.

custom img

Shaxmat bo‘yicha “O‘zbekgidroenergo” AJ ochiq chempionati g‘oliblari aniqlandi

Chempionat “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida o‘tkazildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"