Jahon

Qirg‘iziston rasmiylariga xorijiy hisob raqami ochish taqiqlandi

Sadir Japarov imzolagan qonunga ko‘ra, mansabdorlar o‘z daromadlari, xarajatlari va xorijiy aktivlarini deklaratsiya qilishi majburiy etildi.

Qirg‘iziston rasmiylariga xorijiy hisob raqami ochish taqiqlandi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov tomonidan imzolangan yangi Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonun davlat amaldorlariga bir qator cheklovlar joriy etadi. Bu haqda 24.kg nashri xabar berdi.

 

Unga ko‘ra, rasmiy shaxslarga xorijiy banklarda hisob ochish, qarindoshlarining biznesiga yordam berish, filial kompaniyalar bilan bitimlarda ishtirok etish, shaxsiy manfaatlar uchun rasmiy resurslardan foydalanish, sovg‘alar va mukofotlar olish taqiqlangan. Rasmiy esdalik sovg‘alari bundan mustasno.

 

Davlat idoralariga korrupsiya haqida maʼlumot olish uchun xavfsiz kanallar yaratishi va bunday huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilishi majburiy etib belgilangan.

 

Hujjatda korrupsiyaga qarshi siyosat tizimli tarzda tartibga solinib, jinoyatlarni oldini olishdan tortib, ularni aniqlash, javobgarlikka tortish va oqibatlarini bartaraf etish mexanizmlari mustahkamlangan. Moliyaviy nazorat talablariga ko‘ra, mansabdor shaxslar o‘z daromadlari, xarajatlari va mol-mulkini, jumladan xorijiy aktivlarni deklaratsiya qilishi shart, soliq organlari esa ularning muvofiqligini tahlil qiladi.

 

Shuningdek, korrupsiya xavflarini tahlil qilish, normativ-huquqiy hujjatlarni baholash, jinoyatlarni yagona reyestrda qayd etish va jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan aktivlarni qaytarish bo‘yicha xalqaro hamkorlik mexanizmlari joriy etilgan. Qonun kuchga kirishi bilan Qirg‘iziston hukumatiga olti oy ichida o‘z qoidalarini yangi qonunga muvofiqlashtirish vazifasi yuklatilgan.

Turkiyada avtobus va evakuator to‘qnashdi: 11 kishi halok bo‘ldi

Turkiyada avtobus va evakuator to‘qnashdi: 11 kishi halok bo‘ldi

Jarohatlanganlar shifoxonalarga yetkazilgan, hodisa yuzasidan tergov harakatlari boshlangan.

Bir hafta ichida uch marta hujum: Yandex ma’lumotlar markazi faoliyati to‘xtatildi

Bir hafta ichida uch marta hujum: Yandex ma’lumotlar markazi faoliyati to‘xtatildi

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan, biroq kompaniyaning bir nechta raqamli xizmatlari foydalanuvchilar uchun vaqtincha ishlamay qolgan.

Zelenskiy va Tramp o‘rtasida ziddiyat: Ukraina prezidenti G‘arb yetakchilariga qo‘ng‘iroq qildi

Zelenskiy va Tramp o‘rtasida ziddiyat: Ukraina prezidenti G‘arb yetakchilariga qo‘ng‘iroq qildi

Telefon suhbatlari Vashington va Kiyev o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashgan bir paytda o‘tkazildi.

Ukrainaga yangi prezident kerak — Tramp

Ukrainaga yangi prezident kerak — Tramp

U Zelenskiyni urushni tugatishga intilmayotganlikda aybladi.

Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi: bolalar ham bor

Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi: bolalar ham bor

Zelenskiy Rossiyaning hujumini AQSHning sanksiyalarni yumshatish qarori bilan bog‘ladi.

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Qirg‘oqbo‘yi hududlaridan aholi ko‘chirilmoqda, dengizdagi neft va gaz qazib olish faoliyati qisqartirildi.

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

AQSH prezidenti Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish jarayoni tezlashganini ma’lum qildi.

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

AQSh prezidenti Eron Amerika talablarini qabul qilmasa, mamlakat yo‘q qilinishi mumkinligini aytdi.