O'zbekiston

Samarqandda Xorvatiya konsulligi ochilishi mumkin

Xorvatiya parlamenti delegatsiyasining tashrifi doirasida Samarqand va Dubrovnik o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Samarqandda Xorvatiya konsulligi ochilishi mumkin

 

 

Xorvatiya parlamentining Konstitutsiya, reglament va siyosiy tizim qo‘mitasi a’zolaridan iborat delegatsiya Samarqand shahrida bo‘ldi. Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda O'zA xabar berdi.

 

Uchrashuv chog‘ida Samarqand va Xorvatiyaning turizm markazlaridan biri hisoblangan Dubrovnik shaharlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar turizm, transport, farmatsevtika, aloqa hamda axborot texnologiyalari sohalarida hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashdi.

 

Xorvatiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Refik Shabanovich tashrif ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishini ta’kidladi. Uning qayd etishicha, o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida Toshkent shahrida Xorvatiya elchixonasini, Samarqandda esa konsullik ochish masalasi ham muhokama qilingan. Shuningdek, Samarqand va Dubrovnikni birodar shaharlar sifatida bog‘lash tashabbusi ilgari surildi.

 

Ma’lum qilinishicha, turizm bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘lgan Dubrovnik shahri yiliga millionlab sayyohlarni qabul qiladi. Ushbu yo‘nalishdagi tajriba almashuvi Samarqand turizm salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

 

Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarovning ta’kidlashicha, 2030-yilga qadar shaharga tashrif buyuruvchi sayyohlar sonini 10 million nafarga yetkazish maqsad qilingan. Bu borada Dubrovnik bilan hamkorlik infratuzilmani modernizatsiya qilish, xizmat ko‘rsatish sifatini xalqaro standartlarga moslashtirish hamda tarixiy-madaniy merosni global miqyosda targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.