Jahon

Vashingtonda Ilhom Aliyevning qo'riqchilari namoyishchilarni kaltakladi

Namoyishchilar kuch ishlatilganini da’vo qilmoqda, Ozarbayjon tomoni esa hodisani xavfsizlik tahdidiga javob sifatida izohladi.

Vashingtonda Ilhom Aliyevning qo'riqchilari namoyishchilarni kaltakladi

 

AQSh poytaxti Vashington shahrida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning tashrifi chog‘ida namoyishchilar va davlat rahbarining xavfsizlik xodimlari o‘rtasida mojaro yuzaga kelgani haqida xabarlar tarqaldi. Hodisa prezident “Tinchlik kengashi” yig‘ilishida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan paytda, Pensilvaniya prospektidagi Waldorf Astoria mehmonxonasi yaqinida sodir bo‘lgan.

 

The Washington Post nashrining yozishicha, namoyishchilar Ozarbayjondagi siyosiy mahbuslarni ozod qilish talabi bilan chiqishgan. Ayrim faollar prezident qo‘riqchilari tomonidan jismoniy kuch ishlatilganini da’vo qilib, jarohat olganliklarini ma’lum qilgan. Ularning aytishicha, kamida bir necha kishi turli darajada tan jarohati olgan.

 

Kolumbiya okrugi politsiyasi vakillari mazkur hodisada Ozarbayjon xavfsizlik xodimlari ishtirok etgani haqidagi ma’lumotlarni tasdiqlab, materiallar tekshiruv uchun AQSh Davlat departamentiga taqdim etilganini bildirgan.

 

Shu bilan birga, Ozarbayjon tomoni voqeaga nisbatan boshqacha izoh bergan. Rasmiy manbalarga ko‘ra, prezident korteji mehmonxona hududiga yaqinlashgan vaqtda bir guruh shaxslar qo‘riqlanadigan hududga kirishga uringan hamda transport vositasining harakatiga to‘sqinlik qilishga harakat qilgan. Elchixona bayonotida bu holat jiddiy xavfsizlik tahdidi sifatida baholanib, xavfsizlik xodimlari amaldagi qoidalarga muvofiq choralar ko‘rishga majbur bo‘lgani ta’kidlangan.

 

Diplomatik missiya vakillari barcha harakatlar faqat davlat rahbari xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgani hamda mezbon davlat idoralari bilan muvofiqlashtirilgan holda bajarilganini qayd etgan. Shuningdek, Ozarbayjon ommaviy axborot vositalarida hodisa oldindan rejalashtirilgan provokatsiya bo‘lishi mumkinligi haqidagi taxminlar ham ilgari surilgan.

 

AQSh Kongressi a’zosi Frank Pallone esa ijtimoiy tarmoqlarda voqeaga munosabat bildirib, poytaxt ko‘chalarida namoyishchilarga nisbatan kuch ishlatilishi holati yuzasidan tekshiruv o‘tkazilishi zarurligini ta’kidlagan.

 

Hozirda voqea yuzasidan tekshiruv jarayonlari davom etmoqda. Rasmiy idoralar barcha tafsilotlarni aniqlash va hodisaga huquqiy baho berish bo‘yicha ish olib borilayotganini ma’lum qilgan.

custom img

Kaʼbani portlatishga urinish bo‘lganmi? Saudiya rasmiylari javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqida videolar tarqaldi.

custom img

9 nafar tinch aholi halok bo‘ldi: Pokiston Afg‘onistonga havo zarbalari berdi

Pokiston “terrorchilar lagerlari va boshpanalari”ga zarba berilganini ta'kidladi.

custom img

20 baravar qimmatlashdi: Yaponiyada doimiy yashash ruxsatnomasi narxi keskin oshirildi

Yangi mezonlarda daromad, pensiya, moliyaviy aktivlar va yapon tilini bilish darajasi ham hisobga olinadi.

custom img

O‘quvchilar noroziligi: 2000 kishi hibsga olindi

Fransiyada litsey o‘quvchilarining ta’lim sharoitlari yuzasidan boshlangan noroziliklari kuchaydi.

custom img

“Muzokaralarni boshlashga tayyormiz”: Putin Ukraina bo‘yicha bayonot berdi

Rossiya prezidentining qayr etilishicha, kelishuv Rossiya va uning xalqi uchun maqbul shartlarda bo‘lishi kerak.

custom img

Qirg‘iziston kosmosga chiqdi: mamlakatning ilk milliy sun’iy yo‘ldoshi uchirildi

Qirg‘iziston va BAA hamkorligida yaratilgan sun’iy yo‘ldosh ilk bor orbitaga chiqarildi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"