Jahon

Sadir Japarov bosh vazir o‘rinbosari va sog‘liqni saqlash vazirini lavozimidan ozod qildi

Qirg‘iziston hukumatida yana kadrlar o‘zgarishi amalga oshirildi.

Sadir Japarov bosh vazir o‘rinbosari va sog‘liqni saqlash vazirini lavozimidan ozod qildi

 

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov hukumat tarkibida kadrlar o‘zgarishi yuzasidan qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari hamda Suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoati vaziri Baqit Torobayev lavozimidan ozod etildi.

 

Bu haqda Qirgʻiziston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

 

Shuningdek, Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vaziri Kanibek Dosmambetov ham egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

 

Avvalroq davlat rahbari tomonidan hukumatning yana bir qator a’zolari lavozimidan bo‘shatilgani ma’lum qilingan edi. Xususan: Favqulodda vaziyatlar vaziri Boobek Ajikeyev, Transport va kommunikatsiyalar vaziri Absattar Sirg‘aboyev, Tabiiy resurslar, ekologiya va texnik nazorat vaziri Meder Mashiyev lavozimidan ozod etilgan.

 

Bundan tashqari, joriy yil 10-fevral kuni Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Kamchibek Tashiyev ham lavozimidan bo‘shatilgani haqida xabar berilgan edi.

Turkiyada avtobus va evakuator to‘qnashdi: 11 kishi halok bo‘ldi

Turkiyada avtobus va evakuator to‘qnashdi: 11 kishi halok bo‘ldi

Jarohatlanganlar shifoxonalarga yetkazilgan, hodisa yuzasidan tergov harakatlari boshlangan.

Bir hafta ichida uch marta hujum: Yandex ma’lumotlar markazi faoliyati to‘xtatildi

Bir hafta ichida uch marta hujum: Yandex ma’lumotlar markazi faoliyati to‘xtatildi

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan, biroq kompaniyaning bir nechta raqamli xizmatlari foydalanuvchilar uchun vaqtincha ishlamay qolgan.

Zelenskiy va Tramp o‘rtasida ziddiyat: Ukraina prezidenti G‘arb yetakchilariga qo‘ng‘iroq qildi

Zelenskiy va Tramp o‘rtasida ziddiyat: Ukraina prezidenti G‘arb yetakchilariga qo‘ng‘iroq qildi

Telefon suhbatlari Vashington va Kiyev o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashgan bir paytda o‘tkazildi.

Ukrainaga yangi prezident kerak — Tramp

Ukrainaga yangi prezident kerak — Tramp

U Zelenskiyni urushni tugatishga intilmayotganlikda aybladi.

Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi: bolalar ham bor

Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi: bolalar ham bor

Zelenskiy Rossiyaning hujumini AQSHning sanksiyalarni yumshatish qarori bilan bog‘ladi.

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Qirg‘oqbo‘yi hududlaridan aholi ko‘chirilmoqda, dengizdagi neft va gaz qazib olish faoliyati qisqartirildi.

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

AQSH prezidenti Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish jarayoni tezlashganini ma’lum qildi.

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

AQSh prezidenti Eron Amerika talablarini qabul qilmasa, mamlakat yo‘q qilinishi mumkinligini aytdi.